Oq uy Putinning Baydenga yo‘llagan jiddiy taklifiga javob qaytardi
Olam
−
19 mart 2021
19396AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 19 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan jonli efirda muloqot qila olmaydi. Shuningdek, Bayden Putinni qotil deb hisoblashi haqidagi savolga bergan javobidan ham afsusda emas va na so‘zda, na amalda o‘zini tiyib turish niyati yo‘q. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Psaki Jo Bayden bugun yetarlicha band bo‘lishini va Vladimir Putin bilan gaplasha olmasligini aytgan. U Bayden Putinning taklifini qabul qilib, boshqa kun gaplashishga rozi bo‘lsa, e’lon qilishini ta’kidlagan. Shu bilan birga Oq uy vakili ikki davlat rahbari bungacha muloqot o‘tkazganini, Amerika rahbari gaplashmagan boshqa prezidentlar ham borligini qo‘shimcha qilgan.
Psaki jurnalistning Bayden Putinni “qotil” degani uchun afsuslanadimi degan savoliga: “Yo‘q. Bu to‘g‘ri javob edi”, deya izohlagan. Oq uy vakili Bayden o‘zini qiziqtirgan masalalarda “na so‘zda, na amalda tiyilmasligini” qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq, Bayden ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya AQSHdagi saylovlarga aralashishga uringani uchun Putin javob berishi kerakligini aytgandi. Keyin esa jurnalistning “Siz Putinni qotil deb o‘ylaysizmi?”, degan savoliga u quyidagicha javob qaytardi: “ha, o‘ylayman”.
Putinning o‘zi Baydenning so‘zlariga munosabat bildirib, unga sog‘lik tiladi. Keyinroq esa Rossiya Prezidenti Baydenga jonli efirda muloqot qilishni taklif qildi.
LiveBarchasi