AQSH Ukrainaga “spetsnaz”ini yubormoqchi

Olam

image

Pentagon va Davlat departamenti rasmiylari AQSHning Ukrainadagi qayta ochilgan elchixonasi xavfsizligini ta’minlash uchun Kiyevga maxsus kuchlar bo‘linmasini yuborish imkoniyatini muhokama qilmoqda. “The Wall Street Journal”ning yozishicha, agar bunday qaror tasdiqlansa, kontingent faqat diplomatik missiyani himoya qilish bilan shug‘ullanadi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, odatda butun dunyo bo‘ylab AQSH diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlaydigan AQSH dengiz piyodalarini tiklash rejalari muhokama qilinmoqda. Shu bilan birga, gazeta qayd etishicha, bu borada AQSH Prezidenti Jo Bayden, Pentagon rahbari Lloyd Ostin va AQSH Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbari Mark Milliga rasmiy so‘rovlar bo‘lmagan.

Shu bilan birga, harbiy idoraning ayrim vakillari Ukraina Qurolli Kuchlarini tayyorlagan maxsus kuchlarni Ukrainaga qaytarishni xohlayotgani aytilmoqda. Ayni damda AQSHning Kiyevdagi elchixonasi Davlat departamenti qoshidagi Diplomatik xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘riqlanadi. Ayni damda AQSHning Kiyevdagi elchixonasi Davlat departamenti qoshidagi Diplomatik xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘riqlanadi.

Pentagonning o‘sha paytdagi Matbuot kotibi Jon Kirbi 19 may kuni AQSH Mudofaa vazirligi Davlat departamenti bilan Ukraina poytaxtidagi Amerika elchixonasi xavfsizligini kuchaytirish masalasini muhokama qilishga tayyorligini aytgandi.

18 may kuni, uch oylik tanaffusdan so‘ng, AQSH rasmiylari Kiyevdagi o‘z elchixonasi ishini tikladi, diplomatik vakolatxona xodimlari xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rildi. Fevral oyida Qo‘shma Shtatlar elchixonasini vaqtincha Kiyevdan Lvovga ko‘chirgandi. Keyinroq Davlat departamenti AQSHning Ukrainadagi diplomatik korpusining asosiy qismi Polshada ishlayotgani haqida xabar berdi. 2 may kuni AQSH elchixonasi Polshadan Lvovga qaytdi.

Qayd etish kerakki, AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya hujumi boshlanmasidan oldin Ukrainaga harbiylar yubormasligini bot-bot takrorlagandi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing