AQSH Ukrainaga Kiyev urush boshidan beri so‘rayotgan qurollarni berish masalasini ko‘rib chiqyapti

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Kiyevga qiruvchi samolyotlar yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, biroq yakuniy qaror hali qabul qilingani yo‘q. Bu haqda Pentagondagi brifingda AQSH Mudofaa vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kolin Kol ma’lum qildi.

“Qiruvchi samolyotlarni berish ko‘rib chiqilmoqda. Biroq biroq bu masala bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan”, deydi u.

Shu bilan birga, Kol ukrainaliklar hozircha urushga ta’sir qilish uchun o‘zlarida mavjud bo‘lgan samolyotlardan foydalanib turishi mumkinligini aytgan.

“Agar biz hozir Ukrainaga to‘rtinchi avlod samolyotlarini taqdim qilsak ham, ular faqatgina bir necha yillardan so‘ng yetkazib beriladi”, deya qo‘shimcha qilgan Pentagon vakili.

Avvalroq Ukraina Mudofaa vaziri maslahatchisi Yuriy Sak uning mamlakatiga Amerikaning eski A-10 Warthog hujumchi samolyoti kerak emasligini aytgan edi. Buning o‘rniga Kiyev  F-16 kabi zamonaviyroq samolyotlarni olishni kutmoqda. Military harbiy internet portaliga ko‘ra, Pentagon vakillari A-10 hujumchi samolyotlarini Kiyevga o‘tkazish imkoniyatini istisno etmagan.

Qayd etish kerakki, Ukraina urushning dastlabki oylaridan boshlab sheriklaridan havoda ustunlikni qo‘lga olish uchun samolyotlar so‘rab keladi. Ammo hozircha uning bu so‘rovi qanoatlantirilmagan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

7

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing