AQSH Rossiyaga aloqador tashkilot va jismoniy shaxslarga cheklovlar joriy qildi

Olam

image

Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli AQSH Savdo vazirligi Rossiya Federatsiyasi bilan aloqador 91 ta tashkilot va jismoniy shaxslar uchun eksport nazoratini kuchaytirish tartibini joriy qilmoqda. Bu haqda kecha, 3 mart kuni kechqurun Federal reyestrning elektron ma’lumotlar bazasi – AQSH hukumati hujjatlari to‘plamida xabar berildi. 

“AQSH hukumati ushbu tuzilmalarning faoliyati AQCH tashqi siyosati va milliy xavfsizligi manfaatlariga zid, deb hisoblaydi. [Ular] Rossiya xavfsizlik xizmatlari, harbiy va mudofaa sektorlari, harbiy va mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalarida ishtirok etgan, hissa qo‘shgan yoki boshqa yo‘l bilan qo‘llab-quvvatlagan”, deyiladi hujjatda. 

Unda aytilishicha, jami 91 ta nom eksport nazorati kuchaytirilganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Ularning aksariyati – 81 tasi Rossiya Federatsiyasida ro‘yxatdan o‘tgan yoki joylashgan. Taqiqqa uchragan tashkilotlarning ba’zilari boshqa mamlakatlarda vakolatxonalariga ega yoki Rossiya Federatsiyasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan: Beliz, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Qozog‘iston, Latviya, Malta, Singapur, Slovakiya va Estoniyada.

“Ushbu reglament bir qator ittifoqdosh mamlakatlardagi, jumladan, Yevropa Ittifoqi va NATO a’zolaridagi sub’ektlarni o‘z ichiga oladi, lekin bu tashkilotlar joylashgan yoki ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatlarga nisbatan chora emas. Ushbu qaror faqat ro‘yxatga olingan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi”, deydi AQSH rasmiylari. 

Sanksiyalarga uchragan 86 ta yuridik va jismoniy shaxslarga eksport litsenziyasini berishdan bosh tortish siyosati qo‘llaniladi. Yana beshta sub’ektga nisbatan – Rossiya kosmik tizimlari xolding kompaniyasi, “Elara”, “Element”, “Radioavtomatika” kompaniyalari va "Submikron" ilmiy-tadqiqot instituti – eksport litsenziyasini berishni rad etish siyosati qo‘llaniladi, ammo, "AQSH hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kosmik dasturlar" ga murojaat qilganda, istisnolar bo‘lishi mumkin.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

7

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing