AQSH Rossiya va O‘zbekistonga birdek ta’sir qiladigan cheklov kiritmoqchi

Olam

image

AQSH Kongressi mamlakat elektr stansiyalarida ishlatiladigan uranning 17 foizini tashkil etuvchi Rossiya uranini import qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Bu kabi har qanday sanksiya samarali bo‘lishi uchun Qozog‘iston va O‘zbekistonni ham o‘z ichiga olishi kerak.  

Rossiya va uning ikki yaqin ittifoqchisi Qozog‘iston va O‘zbekiston AQSH atom elektr stansiyalarida ishlatiladigan uranning qariyb 40 foizini yetkazib beradi. AQSHning Rossiya uraniga haddan tashqari tayanishi esa uning milliy xavfsizligi va iqtisodiyoti uchun xavf tug‘diradi. 

Ta’kidlanishicha, hozirda Qo‘shma Shtatlarda faqat ikkita uran koni faoliyat yuritadi. Bunday konlarning ko‘plari bir necha yillar oldin yopilgan, chunki ular Rossiya va boshqa mamlakatlar, jumladan, Xitoydan arzon narxlardagi import bilan raqobatlasha olmagan. 

Qo‘shma Shtatlar 17 ta mineral bo‘yicha importga to‘liq muhtoj. Ammo mamlakat uchun uran alohida ahamiyatga ega. AQSH juda ko‘p uran resurslariga ega, ammo energiya ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan deyarli barcha uran import qilinadi. 

Qayd etilishicha, import bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun Qo‘shma Shtatlar Kanada va Avstraliya kabi do‘st mamlakatlardan ko‘proq uran olishi mumkin. Mamlakat o‘z uran resurslaridan foydalanish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqchi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

482

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing