AQSH Polshaga raketa qulashi bo‘yicha haligacha barcha faktlarni bilmaydi

Olam

image

AQSHda raketaning Polsha hududiga qulagani haqidagi barcha faktlar hozircha mavjud emas. Bu haqda kecha, 16 noyabr kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida AQSHning jahon tashkilotidagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Polsha rasmiylariga voqea holatlari yuzasidan tergov olib borishda yordam berishni taklif qilgan. 

“Biz Polsha hukumatiga tergov olib borishiga to‘liq ishonamiz va xotirjam, ehtiyotkor va o‘lchovli javobni qadrlaymiz”, deydi AQSH vakili.

U Vashington voqea bo‘yicha haligacha barcha faktlarni bilmasligini ta’kidladi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 noyabr kuni tushdan keyin Rossiya armiyasi Ukrainaga yirik raketa hujumi uyushtirgan paytda Polsha hududiga ikkita raketa tushdi. Raketalar Ukraina bilan chegaradan besh kilometr uzoqlikda joylashgan Lyublin voyevodaligi (Polshadagi eng yirik ma’muriy birlik)ning Pshevoduv qishlog‘i hududiga tushgan. Hodisa oqibatida portlash yuz bergan, ikki kishi qurbon bo‘lgan.  

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN telekanaliga Polshadagi voqea haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa Polsha ommaviy axborot vositalari va rasmiylarining Rossiya raketalarining Pshevoduv aholi punkti hududida qulashi haqidagi bayonotlarini "vaziyatni keskinlashtirish uchun ataylab qilingan provokatsiya" deb atadi.

AQSH Prezidenti Jo Baydenga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar Polsha hududiga tushgan raketani Rossiya uchirganini tasdiqlamagan.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'shaga qulagan raketa

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing