Ehtiyotkor bo‘lish kerak – Shols Rossiya bilan munosabatlar haqida

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols, Polshada Ukraina bilan chegarada raketa portlashi bilan bog‘liq voqeadan so‘ng, ehtiyotkorlik ko‘rsatilishi kerak, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, u Ukrainadagi mojaroning Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini yana bir bor ta’kidladi. 

Kecha, 16 noyabr kuni Balidagi G20 sammiti yakunlari bo‘yicha ZDF telekanaliga bergan intervyusida Shols “ehtiyotkor bo‘ling” degan xabar chaqiriqmi, degan savolga “Bunday urush oldida bu (ehtiyotkorlik) zarur”, dedi. 

“Shuning uchun biz bir tomondan Ukrainani, shu jumladan qurol bilan qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz muhim, ammo ayni paytda NATO va Rossiya o‘rtasidagi urushning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak”, deydi u.  

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 noyabr kuni tushdan keyin Rossiya armiyasi Ukrainaga yirik raketa hujumi uyushtirgan paytda Polsha hududiga ikkita raketa tushdi. Raketalar Ukraina bilan chegaradan besh kilometr uzoqlikda joylashgan Lyublin voyevodaligi (Polshadagi eng yirik ma’muriy birlik)ning Pshevoduv qishlog‘i hududiga tushgan. Hodisa oqibatida portlash yuz bergan, ikki kishi qurbon bo‘lgan.  

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN telekanaliga Polshadagi voqea haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa Polsha ommaviy axborot vositalari va rasmiylarining Rossiya raketalarining Pshevoduv aholi punkti hududida qulashi haqidagi bayonotlarini "vaziyatni keskinlashtirish uchun ataylab qilingan provokatsiya" deb atadi.  

AQSH Prezidenti Jo Baydenga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar Polsha hududiga tushgan raketani Rossiya uchirganini tasdiqlamagan


Maqola muallifi

Teglar

Olaf Shol'ts Pol'shaga qulagan raketa

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing