Kurs UZS

USD

12 937.16

23.97

EUR

13 937.20

28.4

RUB

154.55

0.38

Olaf Shols lavozimidan ozod etildi

Olam

image

Kecha, 25 mart kuni Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer mamlakat kansleri Olaf Shols va 14 vazirga vakolatidan ozod qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirdi. Bu haqda “Der Spiegel” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tantanali marosim Berlin markazidagi Belvyu Prezident saroyida bo‘lib o‘tgan. Prezident kansler va vazirlarga faoliyati uchun o‘z minnatdorligini bildirib, vakolatdan ozod qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirgan.

“Siz Geramaniya hukumati sifatida ko‘pincha juda tez va qat’iy harakat qilishingizga to‘g‘ri keldi”, degan Germaniya Prezidenti.

Germaniya qonunchiligiga ko‘ra, kansler va vazirlar yangi bundestag chaqiriladigan kuni o‘z ishlarini to‘xtatadi. Kecha, 25 mart kuni uning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

“Biroq Shtaynmayer Shols va barcha 14 vazirdan yana bir necha hafta davomida vaqtinchalik vazifani bajaruvchi sifatida qolishni so‘radi. Bunday tartib qonunda ham nazarda tutilgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2021 yil sentyabr oyida Germaniya sotsial demokratik partiyasining parlament saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng Olaf Shols federal kansler lavozimiga ko‘rsatilgan va yangi koalitsiya tuzilganidan so‘ng o‘sha yilning dekabr oyida o‘z lavozimini egallagan.

Kansler sifatida u o‘sib borayotgan iqtisodiy muammolar (birinchi navbatda turg‘unlik), migratsiya siyosati va Rossiya agressiyasiga qarshi Ukrainaga harbiy yordamning sustligi uchun tanqid qilindi.

2024 yil dekabr oyida koalitsiya parchalandi va 2025 yil fevral oyida parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi, unda Germaniya sotsial demokratik partiyasi Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqi (XDS/XSS)ga mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak kansler Fridrix Mers hukumatni 20 aprelgacha shakllantirishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Frank-Val'ter Shtaynmayer Olaf Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing