Polshaga tushgan raketani Ukraina otgan bo‘lsa ham baribir ayb Rossiyada – Stoltenberg

Olam

image

Polsha hududiga qulagan raketa Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida NATO mamlakatlarida hech qanday ma’lumot yo‘q. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi Bosh kotibi Yens Stoltenberg BBC’ga bergan intervyusida aytdi. 

“Bizda bu Rossiya tomonidan amalga oshirilgan maqsadli zarba bo‘lganiga hech qanday dalil yo‘q. Tergov davom etmoqda, ammo bizning dastlabki xulosalarimiz hozir uni o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan Polsha vakillariniki bilan bir xil. Katta ehtimol bilan, bu Ukraina havo hujumidan mudofaa raketasi, ammo asosiy xabar shundaki, Rossiya oxir-oqibatda javobgardir, chunki Agar u Ukrainaga qarshi shafqatsiz va tajovuzkor urush boshlamaganida, bu sodir bo‘lmasdi”, deya qo‘shimcha qildi Stoltenberg. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO bunday vaziyatlar yuzaga kelishi ehtimoliga ko‘p yillar davomida tayyorlandi va shuning uchun vazminlik bilan, lekin qat’iy munosabat bildirgan. Stoltenberg qo‘shimcha qilganidek, alyans va Rossiya o‘rtasidagi aloqa kanallari ochiq va foydalanilmoqda. 

Shuningdek, u Ukraina Rossiya Federatsiyasining raketa hujumlaridan himoyalanish huquqiga ega ekani, G‘arb esa Kiyevga yangi havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish orqali yordam berishda davom etishi kerakligini aytdi. 

“Ukrainaga harbiy texnika berish orqali uni qanchalik ko‘p qo‘llab-quvvatlasak, muzokaralar stolida Ukraina uchun ma’qul bo‘ladigan siyosiy kelishuvga erishish imkoniyati shunchalik ko‘payadi”, deydi Bosh kotib.

Stoltenberg Ukrainaning ittifoqchilari Kyevni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun badal to‘lashi kerakligini tan oldi, biroq uning aytishicha, agar Rossiya g‘alaba qozonsa, badal ancha qimmatlashadi, dunyo yanada xavfli bo‘ladi va NATOning pozitsiyasi yanada zaiflashadi.  

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 noyabr kuni Polsha sharqida, Ukraina bilan chegarada joylashgan Pshevoduv (Lyublin vodiysi) qishlog‘iga raketa qulab tushdi va ikki kishi halok bo‘ldi. Mamlakat Prezidenti Anjey Dudaning so‘zlariga ko‘ra, bu Polshaga ataylab qilingan hujum emas. Varshavada ma’lum bo‘lishicha, 1970-yillarda ishlab chiqarilgan S-300 tipidagi zenit-raketa tizimining raketasi Ukraina raketaga qarshi mudofaa/havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari tomonidan ishlatilgan. 

Polsha hukumati 16 noyabrga o‘tar kechasi Xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bundan tashqari, Varshava NATO, AQSH va boshqa ittifoqchilar bilan maslahatlashdi. Duda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, AQSH Prezidenti Jo Bayden va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Polsha hukumati ham turli darajadagi hamkorlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Polsha hukumati barcha xizmatlarni yuqori shay holatga keltirish va havo hududi monitoringini kuchaytirishga qaror qildi. 

Rossiya Mudofaa vazirligi Polsha ommaviy axborot vositalari va rasmiylarining Rossiya raketalari qulagani haqidagi bayonotlarini provokatsiya deb atadi va Ukraina-Polsha chegarasi yaqinida Rossiya qurollarining zarbalari yo‘qligini aytdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Yens Stoltenberg Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Pol'shaga qulagan raketa

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing