AQSH COVID-19 bilan kurashish uchun rekord darajadagi 2,99 trillion dollar qarz olishni rejalashtirmoqda

Olam

image
2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda – Xalqaro valyuta jamg‘armasi north_east

2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda – Xalqaro valyuta jamg‘armasi

AQSH moliya vazirligi joriy chorak davomida koronavirus bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun deyarli uch trillion dollar qarz oladi. Bu 2008 yildagi moliyaviy inqiroz avjiga chiqqan paytdagi qarz hajmidan besh baravar ko‘pdir.

Qarz hajmi 2,99 trillion AQSH dollarni tashkil qiladi. Bu mamlakat iqtisodi tarixidagi rekord hisoblanadi. Bundan tashqari, 30 sentyabrgacha departament yana 3,7 trln. dollarlik davlat zayomlarini chiqarishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda, 2020 moliyaviy yilda davlat zayomlari 4,5 trln. dollarni tashkil etadi, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 1,28 trln. dollar miqdorda edi.

Joriy yilning 24 aprel kuni AQSH Kongressi koronavirusning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’siriga qarshi kurashish uchun yangi iqtisodiy choralar to‘plamini tasdiqladi. Vakillar palatasi qariyb 500 milliard dollar ajratishga rozi bo‘ldi.

Shuningdek, Mart oyi oxirida AQSH Senati koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun ikki trillion dollar ajratish to‘g‘risida qonun loyihasini qabul qilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 1 212 955 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 188 068 nafari sog‘aygan, 69 925 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 954 962 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Koronavirus AQShda

Baholaganlar

120

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing