2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda – Xalqaro valyuta jamg‘armasi

Jamiyat

image

Joriy yil I choragida O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish sur’ati o‘tgan yildagi mos davrga nisbatan 1,6 foizga sekinlashishi kuzatilgan. Bundan tashqari, bu davrda o‘tgan yilgiga nisbatan investitsiyalar o‘zlashtirish xajmi ham sezilarli qisqargan. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotining joriy holati va kutilayotgan tendensiyalar bo‘yicha ma’lumotida keltirib o‘tilmoqda. 

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ning joriy yil birinchi yarmida bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda. Bunda iqtisodiy pasayish rivojlangan davlatlarda 6,1 foizni (shu jumladan, AQSH -5,9 foiz, Yevrozona mamlakatlari -7,5 foiz) va rivojlanayotgan mamlakatlarda - 1 foizni, shuningdek, Rossiyada - 5,5 foizni va Qozog‘istonda - 2,5 foizni tashkil etishi, O‘zbekistonda esa 1,8 foizlik iqtisodiy o‘sish prognoz qilinmoqda. 

2020 yilning I choragida iqtisodiy o‘sish sur’ati 4,1 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichiga (5,7 foiz) nisbatan 1,6 foizga sekinlashishi kuzatilgan.

2020 yilning I choragida iqtisodiyotga yo‘naltirilgan investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi 2019 yilning mos davriga nisbatan 10,2 foizga qisqarishi kuzatilgan.

O‘z navbatida, amalga oshirilgan qurilish ishlarining investitsiyalar hajmiga nisbati o‘tgan yildagi mos ko‘rsatkich – 38,9 foizdan 46,3 foizgacha oshdi. Bu amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarni joriy davrdagi YAIM oshishiga “sof ta’siri” nisbatan oshganligini izohlaydi.

Chakana savdo aylanmasi 40,1 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 foizga yoki aholi jon boshiga nisbatan esa 1,8 foizga o‘sdi (2019 yilning mos davrida aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi o‘sishi 4 foizni tashkil etgan).
Joriy yilning I choragida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar hajmi 29,7 trln. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi kuzatilgan.

Aholiga ajratilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga oshib, jami kreditlarning qariyb to‘rtdan bir qismini tashkil etgan. Ko‘rilayotgan davrda, banklar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida 22,7 trln. so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 trln.so‘m ko‘p kredit mablag‘lari ajratilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning yanvar-fevral oylarida pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,6 foizga oshgan bo‘lsa, mart oyida 23 foizga kamayib, natijada I chorakda pul o‘tkazmalari hajmining 2 foizga o‘sishi kuzatilgan. 2020 yilning I choragida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 8,1 mlrd. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 924,0 mln. dollarga yoki 10,2 foizga kamaygan. Shuningdek, ushbu chorakda import hajmi 4,8 mlrd. dollarni tashkil qilib solishtirilayotgan davrga nisbatan 9,7 foizga qisqargan.


Maqola muallifi

Teglar

inqiroz

Baholaganlar

9

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing