Örmondan topilgan millionlar Orbanning partiyasi ustidan tuproq tortişi mumkin

Olam

−

image

Vengriya sobiq boş vaziri Viktor Orban öz hukumati korrupsiyadan xoli bölganini aytib, “toza” vazirlari uçun kafillik berganidan bir kun ham ötmay, politsiya ularning faoliyatini tergov qiliş doirasida taxminan 20 million dollar miqdoridagi naqd pullarni topdi. Forint, yevro va dollar solingan dastalar örmondagi, omborxona va saroylardagi maxfiy joylarga yaşirib qöyilgan. Uşbu “topilma” sönggi 16 yil davomida mamlakatni boşqarib kelgan Orbanning bir paytlar yengilmas bölgan “Fides” partiyasini inqiroz köçasiga olib kirib qöydi. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.

“Fides” 38 yil yaşadi. Hammasi tugadi. Endi sizlarni qutqarib bölmaydi”, deya nutq sözlagan Boş vazir Peter Madyar keça, 17 noyabr kuni parlamentda. 

21-tadqiqot instituti tomonidan ötkazilgan va 16 noyabr kuni e’lon qilingan sörovnoma natijalariga köra, 12 aprel kungi saylovlarda 36 foiz ovoz olgan “Fides” partiyasini hozirda potensial saylovçilarning atigi 24 foizi qöllab-quvvatlamoqda. Parlamentda konstitutsiyaviy köpçilik örinni qölga kiritgan Madyarning “Tisa” partiyasini qöllab-quvvatlaş darajasi esa xuddi şu davr mobaynida 56 foizdan 65 foizgaça oşgan.
 
Eslatib ötamiz, Budapeştda, şuningdek, Peşt, Bekeş va Nograd okruglaridagi turli joylardan naqd pullar topilgandi. Naqd pul dastalari aks etgan kadrlar televideniye orqali namoyiş etilgan. Moliya vaziri Andraş Karmanning sözlariga köra, uning idorasidagi 12 nafar xodim sakkiz soat davomida beşta pul sanaş maşinasida banknotalarni sanab çiqqan.

Pullar sobiq iqtisodiy taraqqiyot vaziri Mikloş Şestakka nisbatan olib borilayotgan tergov jarayonida aniqlangan. “Tozalovçi olov operatsiyasi” deb nomlangan keng kölamli antikorrupsiya kampaniyasi davomida allaqaçon bir neça sobiq yuqori martabali amaldorlar uşlangan, hibsga olingan yoki söroq qilingan. Ular orasida Şestakdan taşqari bir qator vazirlar, Orban özining öng qöli deb atagan Markaziy bankning sobiq raisi va sobiq iqtisodiyot vaziri Dyord Matolçi hamda sobiq yetakçining ukasi Aron ham bor.

“Fides” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari Tibor Navraçiç hibsda saqlanayotgan, biroq öz aybini rad etayotgan Şestakni deputatlik vakolatlarini topşirişga çaqirgan. Navraçiçning aytişiça, agar partiya özining siyosiy kelajagini ta’minlaşni va jamiyat işonçini qaytarişni istasa, “tub özgarişlarga“ muhtoj, “xatolarni tan olişi” va öz saflarida tartib örnatişi kerak. U pul yaşirilgan maxfiy joylar bilan boğliq voqeani “öta taşvişli va şarmandali holat” deb atagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing