Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi
Olam
−
11:32 299 2 daqiqa
Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örmonlarga kömilgan, omborlar va turar joylarga yaşirilgan jami 19,5 million dollarlik naqd pul topildi. Pullar orasida milliardlab forint, millionlab yevro va dollar bor. Bu haqda “The Guardian“ xabar berdi.
Gap Viktor Orban hukumatida 2014-2018-yillarda milliy taraqqiyot vaziri bölgan Mikloş Seştak haqida bormoqda. U davlat transport kompaniyasi bilan boğliq korrupsiya sxemasida pora olganlikda gumon qilinmoqda. Tergovga köra, uşbu sxema doirasida davlat kompaniyasiga işlatilgan avtobuslar oşirilgan narxlarda sotilgan.
Vengriyaning Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va milliy aktivlarni qaytariş boşqarmasi 12-13-noyabr kunlari bir neçta manzilda tintuv ötkazgan. Tekşiruv davomida katta miqdordagi naqd pul örmonlarga kömilgani, qişloq xöjaligi binolari, omborlar va turar joylarda yaşirilgani, şuningdek, çekka hududlardagi qimmatbaho seyflarda saqlangani aniqlangan.
Ikki kunlik tintuv natijasida jami 5 milliard 71 million 632 ming forint, 2 million 658 ming 350 yevro va 1 million 257 ming 100 dollar topilgan. Ularning umumiy qiymati 19,5 million dollarni taşkil etadi. Musodara qilingan pullar Vengriya davlat ğaznaçiligi hisobvarağiga ötkazilgan.
Moliya vaziri Andraş Karman pullarni sanaş jarayoni ham ança vaqt olganini ma’lum qilgan. Uning aytişiça, Ğaznaçilikning 12 nafar xodimi beşta pul sanaş qurilmasi yordamida mablağlarni hisoblaş uçun sakkiz soat sarflagan.
Boş vazir Peter Madyar musodara qilingan pullar haqidagi xabarga munosabat bildirib, buni mamlakatda korrupsiyaga qarşi kuraşdagi muhim buriliş sifatida baholagan. U sobiq hukmron koalitsiya — Fidesz-KDNP haqida gapirib, “Bu Fidesz-KDNP mafiyasining rasman yakun topganini anglatadi“, deb yozgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Paragvayda prokuratura va politsiya xodimlari yirik bank mojarosi fonida lavozimidan çetlatilgan mamlakatning sobiq prezidenti Santyago Penyaning yozgi qasrida yaşirin omborxonani aniqlagan edi. Omborxona soxta devor ortiga yaşirilgan va Isroilda işlab çiqarilgan murakkab xavfsizlik tizimiga ega bronlangan eşik bilan jihozlangan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr