Tramp Orbanni BMTga rahbar qilmoqçi – WSJ
Olam
−
13:42 943 3 daqiqa
AQŞ Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Vengriyaning sobiq boş vaziri Viktor Orbanga BMT boş kotibi lavozimi uçun poygaga qöşilişni taklif qildi. Bu haqda uçta mamlakatdagi manbalarga tayanib, “The Wall Street Journal” (WSJ) xabar berdi.
Davlat departamenti vakilining aytişiça, dastlabki muzokaralar yakunlariga köra, Rossiya va Xitoy Amerika ma’muriyatining uşbu ğoyasini qöllab-quvvatlagan. Natijada Orban BMT Xavfsizlik Kengaşida “heç qanday qiyinçiliksiz” sakkizta ovozni qölga kiritişi mumkin. Şu bilan birga, u 15 ta ovozdan öntasini olişni ham “erişiş mumkin bölgan” maqsad deb hisoblaydi.
AQŞ vakili Orbanni Amerika konservatorlari uçun “orzudagi nomzod” deb atagan, çunki u ommaviy migratsiyaga, liberal nohukumat taşkilotlariga, şuningdek, qaraşlari böyiça sölçi bölgan sudlar va matbuotga qarşi çiqqan. WSJ ma’lumotlariga köra, Amerika rasmiylari Orbanning BMT boş kotibi lavozimiga qiziqişi bor-yöqligini aniqlaş uçun u bilan boğlangan. Siyosatçi uşbu taklifni körib çiqişga tayyorligini, ammo ğalabaga işonçi komil bölmasa, öz nomzodini ilgari suriş niyatida emasligini aytgan. U WSJ’ga izoh berişdan boş tortgan.
Ma’lumot uçun, BMTning amaldagi Boş kotibi Antoniu Guterrişning vakolat muddati 31 dekabrda tugaydi. Jahon taşkilotining yangi rahbari 2027 yil 1 yanvardan öz vazifasini bajarişga kirişişi kerak. Nomzod Xavfsizlik Kengaşi tomonidan tavsiya etilişi, şundan söng tayinlov BMT Boş Assambleyasida tasdiqlanişi lozim. Şu bilan birga, Xavfsizlik Kengaşining beşta doimiy a’zosidan istalgan biri – Rossiya, AQŞ, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya nomzodga veto qöyişi mumkin.
Boş kotiblikka hozirgi yetti nafar nomzoddan heç biri haligaça Xavfsizlik Kengaşining veto huquqiga ega bölgan barça doimiy a’zolari qöllovini qölga kirigani yöq. Ular orasida MAGATE rahbari Rafael Grossi va BMTning savdo böyiça bölinmasi rahbari Rebekka Grinspan bor.
Orban 16 yil davomida Vengriya boş vaziri lavozimini egallab kelgan. Mamlakatda 2026 yil 12 aprelda bölib ötgan parlament saylovlari oldidan Tramp ma’muriyati Orbanni qöllab-quvvatlagan edi, biroq yakunda uning “Fides” partiyasi yutqazib qöydi. Parlamentdagi köpçilik örinni “Tisa” partiyasi qölga kiritdi va uning yetakçisi Peter Madyar hukumatga rahbar böldi. WSJ’ning yozişiça, Orban BMT boş kotibi etib saylangan taqdirda, u Vladimir Putin va boşqa avtoritar yetakçilarning himoyaçisiga aylanişi mumkin.
Live
Barchasi