Viktor Orbanning ukasi qölga olindi
Olam
−
20:06 1153 2 daqiqa
Vengriyaning sobiq boş vaziri Viktor Orbanning ukasi Aron migrantlarni çegaradan noqonuniy ötkaziş böyiça jinoyat işi dorasida uşlandi. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni mamlakatning amaldagi hukumat rahbari Peter Madyar özining Facebook sahifasida ma’lum qildi.
Boş vazir Milliy mulkni qaytariş va himoya qiliş boşqarmasi (MQHQ) hamda Milliy qidiruv byurosi (MQB) tergovni davom ettirayotgani, uning doirasida Aron Orban uşlangan bölişi mumkinligini yozdi. MQHQ bugun, 9 noyabr kuni ertalab Budapeşt va Peşt medesida odam savdosi böyiça jinoyat işi yuzasidan bir neça kişi qölga olinganini ma’lum qilgan.
Poytaxt va Peşt viloyatida ötkazilayotgan operatsiya doirasida bir neçta joylarda uşlaş va tintuv işlari olib borilmoqda. MQB tergovçilari va MQHQ xodimlari bir vaqtning özida hamda birgalikda davom etayotgan ikkita jinoiy iş böyiça tergov harakatlarini amalga oşirmoqda. Jinoyat va tergov harakatlarining tafsilotlari haqida kunning ikkinçi yarmida axborot berilişi kutilmoqda.
Işga Aron Orban ham aloqador bölişi mumkinligi haqidagi xabar “kontroll.hu” tomonidan berilgan. Sobiq boş vazirning ukasiga nisbat berilayotgan viza bitimlari bilan boğliq iş yaqinda taşkil etilgan Milliy mulkni qaytariş va himoya qiliş boşqarmasi işlovga olgan dastlabki işlardan biri böldi.
Mavjud ma’lumotlarga köra, Aron Orbanning kompaniyasi Vetnam fuqarolarini Peç universitetidagi ikki kunlik kursga yozdiriş orqali ularga Vengriya, demakki, Şengen vizasini olişni yengillaştirgan bölişi mumkin. Uşbu şaxslar uçun viza protseduralarini tezlaştiriş maqsadida Orban boş vazir huzuridagi vakillardan biridan ham yordam söragani aytilmoqda.
Birinçi xabarlar paydo bölganidan köp ötmay Viktor Orban Facebook’da yuz berayotgan voqealarga munosabat bildirdi.
“Bugun hukumat Milliy xavfsizlik komissiyasi oldida ayğoqçilik mojarosi böyiça hisob berişi kerak edi. Jazolaş tadbiri e’tiborni çalğitiş qurolidir. Vengriyada javobgarlikka tortiş emas, balki hisob-kitob qiliş yuz bermoqda. Hukumat uçun biror narsa noqulay bölganda boşqarma harakatga tuşadi. Uşbu iflos öyindan maqsad siyosiy raqibni yöq qiliş va bir partiyalik tizimni qurişdir. Maqsad – menman, ukam esa şunçaki qurol”, deydi u.
Live
Barchasi