Vengriya klubi tarkibga 11 ta daydi itni kiritdi
Sport
−
14:36 724 1 daqiqa
Vengriyaning “Zalaegerseg” futbol klubi milliy chempionat doirasidagi “Niredxaza”ga qarshi uchrashuv uchun e’lon qilingan tarkibga 11 ta daydi itni kiritdi. Bu haqda klub o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Itlar jamoa tarkibiga o‘z nomlari bilan kiritilgan. Klub vakillarining ta’kidlashicha, ushbu tashabbus ko‘chada qolgan hayvonlar muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida amalga oshirilgan.
“Zalaegerseg” va “Niredxaza” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning 11 oktyabr kuni Vengriya chempionatining 9-turi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Har ikki klub ham mamlakatning oliy divizionida ishtirok etadi.
Bunday tashabbuslar sport olamida avval ham kuzatilgan. 2025 yilda “Vashington Kepitalz” xokkey klubi sardori Aleksandr Ovechkin Milliy xokkey ligasi doirasida “Anaxaym Daks”ga qarshi o‘yinda ikki korgi zotiga mansub it bilan maydonga chiqqan edi. Ushbu tadbir ham e’tiborni uysiz hayvonlar muammosiga qaratish maqsadida tashkil etilgan.
Live
Barchasi