17 yoshda Garvardga 100 foizlik grant yutgan oltiariqlik yigit

Intervyu

Butun dunyoga mashhur Garvard universitetida nechta o‘zbekistonlik tahsil olishini bilasizmi? 2 ta, 3 ta, 4 ta. Men ularning sonini aniq bilmasam ham sanoqda barmoqlarim ortib qolishini bilaman. Bu universitet shu darajada nufuzli ekanligidan bu yerni bitirgan talabalar dunyoning istalgan mamlakatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi va yaxshi mutaxassis sifatida tan olinadi. 2024 yilning 13 dekabr kuni O‘zbekiston tarixida navbatdagi kam sonli yoshlardan biri – farg‘onalik, 17 yoshli Azizbek Zaylobiddinov 100 % lik grant asosida mazkur universitet talabasiga aylandi. Bu o‘z navbatida jamoatchilikning katta olqishiga sabab bo‘ldi. QALAMPIR.UZ o‘zining ta’lim sohasida yuqori natijalarni qayd etayotgan yoshlar bilan suhbatlarini davom ettiradi. Demak, bugungi qahramonimiz Garvard universiteti talabasi Azizbek Zaylobiddinov.

Azizbekning aytishicha, Garvard universitetiga qabul qilinish uzoq muddatni talab qiladi va akademik taraflama nomzod universitet talablariga javob bera olishi kerak. Bilimning o‘zi yetarli emasligini ta’kidlagan qahramonimiz o‘qishdan tashqari mashg‘ulotlarda ham faollik ko‘rsatish xorijdagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinish ehtimolini oshirishini bildirib o‘tdi.

“Garvard shunday universitetki, u bakalavr darajasida har bir qabul qilingan talabani har qanday holatda o‘qishini xohlaydi. Chunki ularda yetarli mablag‘ mavjud. Garvardga kirib olish qiyin, lekin, grant yutish muammo emas”, deydi dunyoning top universitetlari qatorida oldingi o‘rinlarda turuvchi oliygoh talabasi.

Xo‘sh, o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. Garvard o‘z talablariga javob beradigan har qanday yoshni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lsa, nega o‘zbekistonlik yoshlarning bu universitetga qabul qilinish darajasi ancha past? 

Azizbekning qayd etishicha, aslida unday emas, o‘zbek yoshlarining bilim va salohiyati Garvardga qabul qilinish uchun yetarli, biroq universitet Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashganini inobatga olsak, birinchi navbatda oliygoh mahalliy talabalarni qabul qilishni va ularga bilim berishni ustun ko‘radi. Qolgan qismlarida esa, turli burchaklardan kelgan o‘quvchilar uchun kvotalar ajratiladi.

“Xitoy, Hindiston kabi davlatlardan ham yiliga 2-3 ta, oshib ketsa 4 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Universitetning maqsadi avvalo amerikalik o‘quvchilarni qo‘llash, ortgan joyga esa xorijiy talabalarni qabul qilish”, deydi qahramonimiz.

Oddiy oiladan chiqib, qanday qilib Garvardga 100 foizlik grant yutib olish mumkin?  Azizbek Zaylobiddinov bitirgandan so‘ng O‘zbekistonga qaytish rejasi bormi? Bugun oliy ta’lim sohasida yuqori natijalar qayd etish uchun nima qilish kerak? Shu va shu kabi savollarga javobni QALAMPIR.UZ’ning to‘liq intervyusida bilib oling.


Maqola muallifi

Teglar

universitet Garvard Azizbek Zaylobiddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing