UzAuto Motors sotiladi
Jamiyat
−
23 aprel 47163 1 daqiqa
UzAuto Motors, O‘zmetkombinat, UMS (Mobiuz), Uzbekistan GTL, Uzbekinvest, Navoiyazot, Texnopark kabi korxonalarning davlat aksiyalari xalqaro maslahatchilar ishtirokidagi auksionga qo‘yiladi. Bu haqda joriy yilning 21 aprel kuni qabul qilingan “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, davlat ishtirokidagi 29 ta yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketini (ulushlarni) nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqariladi. Shuningdek, davlat ishtirokidagi 12 ta yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkaziladi.
Ushbu qaror davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni xususiylashtirish orqali xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish maqsadida qabul qilingan.
Quyida savdoga chiqariladigan korxonalarning sotiladigan ulushi bilan keltirilgan:


Bundan tashqari, Davlat aktivlari agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025 yil 1 dekabrga qadar professional konsultantlar, xalqaro moliya tashkilotlarining ekspertlarini jalb etgan holda 2030 yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Live
Barchasi