UzAuto Motorsʼga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
12 iyun 11194 1 daqiqa
UzAuto Motors kuzatuv kengashining qaroriga asosan kompaniyaning bosh direktori lavozimiga Yanosh Kovach tayinlandi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining Telegram-kanalida xabar berildi.
Vengriyada tug‘ilgan Yanosh Kovach Budapesht Texnika universitetining avtomobilsozlik texnologiyalari bo‘yicha muhandislik mutaxassisligini tamomlagan.
Kovach jahon avtomobil sanoatining top-menejerlaridan biri sifatida General Motors, Opel, GM Powertrain Uzbekistan, UzAuto Peugeot Citroën Automotive va VinFast Automotive kabi kompaniyalarda muhim rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillik tajribaga ega.
O‘zining faoliyati davomida u sifatni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va avtomobil zavodlari boshqaruvi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, u 2021 yildan buyon UzAuto Motors kuzatuv kengashi a’zosi va audit qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, uch yildan ortiq vaqt davomida UzAuto Motors kompaniyasini boshqargan Bo Andersson 2024 yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini yakunlagandi. Anderssondan so‘ng Odiljon Bastamqulov UzAuto Motors bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr