Husanovning “Siti”dagi faoliyati boshlanmasdan tugadimi?
Sport
−
22 aprel
66316“Manchester Siti” klubining fan akkaunti Gvardiola Husanovni zaxirada qoldirayotgani haqida hazil post joyladi. Ushbu post “Real talk Manchester City” X sahifasida joylandi.
Postga ko‘ra, mart oyidagi mashg‘ulotlardan birida Gvardiola Husanovni quchoqlab, sen chempionsan, degan. Husanov sen ham chempionsan deyishning o‘rniga shampunsan, deb yuborgan. Gvardiola esa buni kalligi uchun ustidan kulish ma’nosida qabul qilgan va zaxira o‘rindig‘iga “mixlagan”.
Vaziyatga Ruben Diash aralashib, Husanov ingliz tilini bilmasligi uchun adashib ketganligini aytgan. Ammo bu murabbiyni fikridan qaytara olmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu voqea umuman sodir bo‘lmagan. Bu shunchaki klub muxlislarining shampun mavzusidagi hazil rubrikasi va bu rubrika Husanovda ham davom ettirilgan. Avvalroq, bu yo‘nalishdagi hazil klubning bir qancha futbolchilarida qo‘llangan. Misol uchun, Leroy Sanega ham shampun mavzusida hazil qilingan.