“Hurmat so‘rab olinmaydi”. Qodirov Lavrovning gapiga javob qaytardi
Jamiyat
−
23 aprel 38082 2 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekistonga kelgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqand shahridagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yish chog‘ida u yerda yozilgan gaplar rus tilida ham keltirilmaganini aytib, norozi bo‘lgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov mazkur holatga munosabat bildirdi.
“Rus siyosatchilari O‘zbekistonda rus madaniyati va rus tiliga bo‘lgan munosabatni yomonlashtirish uchun hamma yo‘llarni sinab ko‘rishmoqda”, dedi deputat.
Alisher Qodirov O‘zbekistonda yoshlar hech kim eslatib turmasa ham ingliz, nemis, turk va arab tillarini o‘rganishga harakat qilishining sababini savol ostiga olgan.
“So‘rab olingan hurmat va yolg‘on yaratilgan ehtiyojdan faqat teskari natija bo‘lishini vazir Lavrov bilmasligi mumkin emas”, deydi Alisher Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kecha, 22 aprel kuni O‘zbekistonga keldi. Sergey Lavrovni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kutib oldi. Bugun, 23 aprel kuni u Baxtiyor Saidov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Lavrov O‘zbekiston rahbariyatiga Rossiyaning Ukraina inqirozini hal qilish uchun AQSH bilan aloqalari haqida axborot berganini aytdi. Shuningdek, u Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistondan Rossiyaga borayotgan mehnat migrantlari rus tili va Rossiya qonunlarini bilishi kerakligini ta’kidladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr