Janjal qurboni bo‘lgan Omonov, homilador 33 o‘quvchi, huquqlari kamaygan deputatlar va boshqa xabarlar
Jamiyat
−
11 Sentabr 2019
10502Yakuniga yetayotgn 11 sentyabr sanasida O‘zbekiston va xalqaro maydonda yuz bergan eng muhim voqealar bilan tanishing.
Yo‘l harakati qoidalarida o‘zgarishlar bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritiladi. Bu haqda 2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan.
Avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori ko‘rib chiqiladi
O‘zbekistonda avtomototransport vositalari oldi-sotdi qilinganda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan yig‘imlar miqdori qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda 2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan.
Sud, prokuror va tergovchiga yangi vakolatlar beriladi
O‘zbekiston Respublikasida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalariga oid yangi vakolat beriladi. Bu haqda 2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatib o‘tilgan.
“Kunchiqar” mamlakat Hukumatsiz qoldi
Bugun, 11 sentyabr kuni Yaponiya Hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi. Bosh vazir Sindzo Abe o‘z Hukumati a’zolarining iste’fo arizalarini qabul qilib oldi.
Bunga Abe partiyasining Yaponiya parlamentining yuqori palatasi uchun o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozonishi va oktyabr oyida iste’mol soliqlarining 10 foiz oshirilishidan avval tarkibni yangilash bo‘yicha rejalar sabab bo‘ldi.
Farg‘onada fuqaro MIB xodimini temir bilan urdi
Farg‘ona viloyatining Quva tumanida Majburiy ijro byuro xodimi fuqaro tomonidan kaltaklandi. Qayd etilishicha, MIB Quva tuman bo‘limi davlat ijrochisi O‘.T (1997 y.t.) qarzdor M.X. dan (1986 y.t.) aliment undirish haqidagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida uning yashash xonadoniga borgan. M.X. MIB xodimining faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, temir jism bilan uning oyog‘iga urib, tan jarohati yetkazgan.
Prezident 20 yil ilmga e’tibor qilinmagani va chet elga ketgan yoshlar haqida gapirdi (video)
O‘zbekistonda “Prezident maktabi”dan biroz kichik, ammo ushbu maktabga o‘quvchilarni tayyorlab beruvchi Fizika maktabi, Matematika maktabi, qolaversa, alohida universitet tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 10 sentyabr kuni Toshkent shahrida ochilgan ilk “Prezident maktabi”ga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
Yangi ayfonlar nimasi bilan “kasal” qiladi?
Apple yana ixlosmandlarini “kasal” qilishda davom etmoqda. Kompaniya Kuppertinoda birdaniga 3 ta yangi iPhone`ni taqdim etdi. Bular – iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max.
O‘zbekiston sporti og‘ir judolikka uchradi
imnastika bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi trampolin bo‘yicha murabbiyi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Rashid Isyanov 79 yoshida vafot etdi.
Isyanov Rashid Zinnurovich 1940 yil Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan. 1963 yil O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan va umrining qolgan qismini mamlakatimizda gimnastika, jumladan trampolin sportining rivojlanishiga, uning taraqqiyotiga bag‘ishlagan. Murabbiylik faoliyati davomida ko‘plab iste’dodli sportchilarni tarbiyalagan.
33 nafar o‘quvchi homilador bo‘lib qolgan – OAV
Shimoliy-Qozog‘iston viloyatida 33 nafar o‘quvchi homilador bo‘ldi. Ulardan 9 nafari 16 yoshga ham to‘lmagan. Bu turdagi ma’lumotlar darhol tibbiy muassasalardan politsiya bo‘limiga yuboriladi. U yerda qizlarning sheriklarini javobgarlikka tortish masalasi hal qilinadi. Voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhining o‘ta muhim topshiriqlar bo‘yicha katta inspektori Sairan Sarkenovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil ro‘yxatga olingan balog‘atga yetmaganlarning homilador bo‘lishining barcha holatlarida ular sheriklari jinoiy javobgarlikka tortilmagan, chunki ular homilador qizlarga tezda uylanishgan.
Qirg‘iziston chegarasi yaqinida O‘zbekiston harbiy texnikasi nima qilyapti?
Kecha, 10 sentyabr kuni O‘zbekiston harbiylari Kerkidan suv ombori tumanidagi qirg‘iz-o‘zbek chegarasida to‘siqlar o‘rnatish ishlarini boshladi. Bu haqda Qirg‘izistondagi mahalliy OAV xabar bermoqda.
Qirg‘iziston chegarasi yaqinida O‘zbekistonga tegishli harbiy texnika ko‘rinish bergan.
Jinoiy javobgarlikka tortish kerak – “Adolat”chi taklifi
Xabaringiz bor, kecha, 10 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy OAVda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi-muftiy Usmonxon Alimov lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Oradan 30 daqiqa o‘tar-o‘tmas bu xabarlar isbotini topmadi. Biroq, o‘sha zahoti Musulmonlar idorasi raddiy bergani yo‘q. Aksincha, bir necha soat o‘tib, ta’bir joiz bo‘lsa alanga o‘chib bo‘lgach, Alimov o‘z o‘rnida faoliyatini davom ettirayotganini aytib chiqdi.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonov Usmonxon Alimov haqida tarqalgan xabarlar unga nisbatan qasddan uyushtirilganini iddao qilmoqda
IIBB Muslim Omonovning vafoti bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Avvalroq, o‘zbekistonlik MMA jangisi 23 yashar Muslim Omonov bugun, 11 sentyabr kuni Toshkentning Shayxontohur tumanida qotillik qurboni bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.
Unda qayd etilishicha, 10 sentyabrdan 11 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:50 atrofida poytaxt Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan kafelardan birida ikki guruh o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.
IIBB Toshkentdagi qimmatbaho avtomobillar haydovchilarini yig‘di
Bir necha kundirki, O‘zbekistonda, xususan poytaxt Toshkentda to‘y kortejlari masala yana trendda turibdi. IIBBning ta’kidlashicha, To‘y kortejlari yo‘l harakatiga xavfsizligiga tahdid solmoqda,
IIBBning ma’lum qilishicha, 2019 yil boshidan buyon to‘y kortejlari safida harakatlangan avtomobil haydovchilariga nisbatan 152 ta bayonnoma tuzilgan, ulardan 16 tasi – takroriy qoidabuzarlik.
Shu munosabat bilan IIBB to‘ylarda kortej xizmati tashkil qiluvchi firmalar hamda ushbu kortejlar tarkibida harakatlanayotgan avtomobillar haydovchilari bilan uchrashib ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazdi. Umumiy hisobda suhbatda 40 kishi ishtirok etdi.
BMT Bosh ofisida 3 758 bolaga atalgan maktab sumkalaridan “qabriston” paydo bo‘ldi
UNICEF xalqaro bolalar tashkiloti dunyo mamlakatlari rahbarlarining e’tiborini o‘tgan yili qurolli to‘qnashuvlar va urushlarda qurbon bo‘lgan 3 758 nafar bolalarga qaratdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh ofisida maktab sumkalaridan iborat “ramziy qabriston” tashkil etildi. Yam-yashil maydonga 3 758 bolaga atalgan, havorang va UNICEF belgisi tushirilgan maktab sumkalari qo‘yib chiqildi.
Rasul Kusherboyev O‘zbekistonda deputatlar qator huquqlardan mahrum etilayotganini ochiqladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev O‘zbekistonda deputatlar bir qator huquqlaridan mahrum bo‘layotganini aytmoqda.
Unga ko‘ra, joriy yilning 4 sentyabrdagi “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga asosan 1995 yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida”gi qonuni o‘z kuchini yo‘qotgan.
LiveBarchasi