AQSHning saxiyligi tutdi. Ukrainadan tashqari 18 mamlakatga 2,2 mlrd yordam ajratilyapti

Olam

image

AQSH ma’muriyati Ukraina va uning 18 qo‘shnisiga AQSHning tashqi harbiy moliyalashtirish dasturi doirasida uzoq muddatli sarmoya sifatida 2,2 milliard dollar ajratadi. Bu haqda avvalroq Kiyevga e’lon qilinmagan tashrif bilan kelgan Davlat kotibi Entoni Blinken bugun, 8 sentyabr kuni e’lon qilgan yozma bayonotida aytiladi. 

Bayonotda qayd etilishicha, u Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Kiyevga “AQSH Mudofaa vazirligi zaxiralaridagi qo‘shimcha qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va jihozlarni o‘z ichiga olgan” yana 675 million dollarlik harbiy yordam paketi taqdim etilishi haqida xabardor qilgan.  

“Bundan tashqari, bugun biz Kongressni Ukraina va uning 18 qo‘shnisi, shu jumladan NATO bo‘yicha ko‘plab ittifoqchilarimiz xavfsizligini mustahkamlash uchun xorijiy harbiy moliyalashtirish dasturi doirasida qo‘shimcha 2,2 milliard dollar uzoq muddatli sarmoya kiritish niyatimiz haqida ma’lum qilamiz. Shuningdek, xavfsizlik bo‘yicha boshqa hamkorlar, mintaqaviy xavfsizlik, kelajakda Rossiya tajovuzi xavfi ostida bo‘lishi mumkin”, deydi Amerika diplomatiyasi rahbari. 

Davlat departamenti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, natijada Jo Bayden prezidentligining boshidan buyon Amerikaning Ukrainaga bergan harbiy yordamining umumiy miqdori qariyb 15,2 milliard dollarni tashkil etadi. Davlat kotibi eslaganidek, “Bayden aniq aytdi [ Amerika Qo‘shma Shtatlari] Ukraina xalqini kerak bo‘lganda qo‘llab-quvvatlaydi”. 

“Men bugun suveren, mustaqil Ukraina poytaxti bo‘lgan va shunday bo‘lib qolajak Kiyevda Prezident Zelenskiy va uning jamoasiga ushbu murojaatni takrorladim”, deydi Blinken. 

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

42

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing