AQSH Senati Ukrainaga $40 mlrdlik yordam paketini tasdiqladi

Olam

image

AQSH Kongressi Senati Ukrainaga 40 milliard dollarlik yangi yordam paketini ma’qullab, qonun loyihasini imzolash uchun Prezident Jo Baydenga yubordi.

Vakillar palatasi ilgari ma’qullagan tashabbus uchun 100 senatordan 51 nafari allaqachon ovoz bergan.

Paket Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam, shuningdek, u yoki bu mamlakatdagi vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan turli xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Kongress bu miqdorni Bayden so‘ragan 33 milliard dollardan deyarli 40 milliard dollarga oshirdi.

Oq uy, Davlat departamenti va Pentagon qonunchilarni shoshilishga chaqirib, 19 mayda Ukrainaga yordam berish uchun moliyaviy resurslar tugashidan ogohlantirdi. Qonun loyihasiga respublikachi Rend Pol to‘sqinlik qildi va u xarajatlar ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi. U taklif qilgan tuzatish kiritilmadi va ommaviy axborot vositalariga ko‘ra e’tirozlar Demokratik ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumer tomonidan amalga oshirilgan maxsus protsessual qadamlar tufayli chetlab o‘tildi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

5

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing