Hibsga olishga order berilgan Putin Qozog‘istonga boradi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning kuzida Qozog‘istonga boradi. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuning Rossiyaga tashrifi davomida ma’lum qilindi.

Murat Nurtleu Prezident Putinning joriy yilning kuzida Qozog‘istonga tashrifini tashkil etishga tayyorligi uchun Rossiyaga minnatdorlik bildirgan.

“Rossiya tomoni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putinning joriy yilning kuzida Qozog‘istonga tashrifini tashkil etishga tayyorligini tasdiqlagani uchun o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. O‘ylaymanki, ushbu tashrif doirasida samarali muzokaralar bo‘lib o‘tadi”, degan Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri.

Uning aytishicha, Putinning tashrifi davomida mintaqalararo forum tashkil etiladi. Hozirda Qozog‘istonning Kostanay shahrida bo‘lib o‘tadigan mazkur tadbirga tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan, chunki ular bolalarning noqonuniy deportatsiyasi bilan bog‘liq harbiy jinoyatlar uchun javobgar deb topilgandi. Kreml XJS qarorini qonun nuqtai nazaridan ahamiyatsiz deb atadi va Rossiyada XJS prokurori va sudyalariga nisbatan ish ochildi. Shuningdek, Vengriya va Armanistonda ham Putin hibsga olinmasligi ma’lum qilindi. 5 aprel kuni esa Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ermuxambet Konuspayev Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti Qozog‘istonga taalluqli emas ekani, chunki respublika hujjatni imzolamaganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing