Zilzila qurbonlari soni 21 mingdan oshdi

Olam

image

Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 21 043 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqamasi (AFAD) ma’lum qildi.

“Turkiyadagi zilzilalar qurbonlari soni 21 043 kishini tashkil etdi, 80 097 kishi jarohat oldi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishlari, keyin 300 ga yaqin yerosti silkinishlari mamlakatning 10 viloyatida, shuningdek, qo‘shni davlatlarda ham sezilgan. Ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan.

Shundan so‘ng Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik motam e’lon qildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan dastlab 100 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi, joriy yilning 9 fevral kuni 71 kishilik ikkinchi guruh Turkiyaga yuborildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston joriy yining 6 fevral kuni kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila qurbonlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing