O‘zbekiston Turkiyaga yordam jo‘natadigan bo‘ldi
Jamiyat
−
06 fevral 2023
9874O‘zbekiston bugun, 6 fevral kuni kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Turkiyada ro‘y bergan kuchli zilziladan jabr ko‘rganlarga gumanitar yordam hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilari jo‘natiladi”, deydi Asadov.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning markaziy qismida va Suriya shimoli-g‘arbida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila oqibatida Turkiyada 912 kishi qurbon bo‘ldi, 5 385 kishi jarohatlandi. 2 818 ta bino vayron bo‘ldi, vayronalar ostidan hozirgacha 2 470 kishi olib chiqildi.
LiveBarchasi