Özbekiston va Turkiya örtasida 5 ta bitim imzolandi (video)
Jamiyat
−
19:58 778 2 daqiqa
Bugun, 29 oktyabr kuni Anqaradagi Prezident majmuasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning uçraşuvidan söng ikki mamlakat örtasidagi bitimlarni imzolaş marosimi bölib ötdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilişiça, 2022 yil 29 martdagi Özbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati örtasida mamlakat çegaralaridan ötayotgan transport vositalari va tovarlar haqida oldindan ma’lumot almaşiş töğrisidagi bayonnomaga özgartirişlar kiritiş haqidagi Qöşimça bayonnomani Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya Savdo vaziri Ömer Bölat imzolagan.
Özbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi örtasidagi Imtiyozli savdo töğrisidagi bitimga özgartirişlar kiritiş haqidagi bayonnoma Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Turkiya Savdo vaziri Ömer Bölat tomonidan imzolangan.
Özbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati örtasidagi Ijtimoiy ta’minot töğrisidagi bitimni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Saidov va Turkiya Mehnat ijtimoiy himoya vaziri Vedat Işikhan imzolagan.
Özbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati örtasidagi Ijtimoiy ta’minot töğrisidagi bitimni amalga oşiriş böyiça Ma’muriy bitimni Baxtiyor Saidov va Vedat Işikhan imzolagan.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati örtasida Biznes hamjamiyatini qöllab-quvvatlaş böyiça Oliy darajadagi kengaşni taşkil etiş töğrisidagi bitimga esa Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan imzo çekkan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Anqara şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşuv ötkazgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr