Özbekiston va Turkiya örtasida biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça oliy darajadagi kengaş tuziladi (video)

Jamiyat

−

image

Bugun, 29 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Anqara şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunida Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşni ta’sis etiş töğrisidagi bitimni imzoladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, bundan taşqari, köp qirrali va uzoq muddatli şeriklikning turli yönalişlarini qamrab oluvçi ikki tomonlama hujjatlar töplami imzolangan. Xususan:

  • Imtiyozli savdo bitimi doirasida tovarlar röyxatini kengaytiriş töğrisidagi bayonnoma;
  • Ijtimoiy ta’minot töğrisidagi hukumatlararo bitim va uni amalga oşiriş böyiça ma’muriy bitim;
  • 2022 yil 29 martda imzolangan davlat çegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining ötişi haqida oldindan axborot almaşiş töğrisidagi bayonnomaga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi qöşimça bayonnoma.

Bildirilişiça, imzolangan hujjatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, işbilarmon doiralar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş hamda ikki mamlakat fuqarolarining ijtimoiy huquqlarini samarali himoya qilişga qaratilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing