Turkiyada 7 kunlik motam e’lon qilindi
Olam
−
06 fevral 2023
29764Bugun, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan zilzila ortidan mamlakatda milliy motam e’lon qilindi. Bu haqdagi hujjatni Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an imzolagan.
Davlat rahbari qaroriga ko‘ra, joriy yilning 12 fevraliga qadar mamlakatda 7 kunlik millim motam e’lon qilinadi. Bu davr mobaynida mamlakat va uning xorijiy davlatlardagi elchixonalarida bayroqlar yarmiga tushiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida mamlakatda 1651 nafar kishi halok bo‘ldi, 11 119 kishi jarohat oldi. Dastlab, magnituda 7,4 deb baholangan, keyin Turkiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu ko‘rsatkichga oydinlik kiritdi: u 7,7 ni tashkil qildi. Keyinroq Turkiyada 7,7 magnitudali yangi zilzila qayd etildi.
Ko‘plab davlatlar, jumladan O‘zbekiston Anqaraga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Turkiyaga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.
LiveBarchasi