Fojia, mojaro va siyosat: Netanyaxu “out”mi?

Tahlil

−

Reklama
0:00

Internetda “diktator” nomi bilan tanilgan futbolçining birgina hazili butun futbol olamida katta silkinişlarni keltirib çiqardi. Kilian Mbappe özi bilan boğliq memlar haqida gapira turib, Xitoy Xalq Respublikasining asosçisi Mao Szedunni “xitoylik qaysidir diktator” deb atadi. Bu esa Xitoy hukumatini keskin munosabat bildirişiga sabab böldi. Xöş, endi uzr söraşdan foyda bormi? Lula hokimiyatga qaytdi. Endi raqibini qamamoqçi. Ammo Bolsonaro mamlakatdan qoçişni tanladi. AQŞda özini “Braziliyaning haqiqiy yetakçisi” deb e’lon qilgan sobiq senatorning endigi taqdiri qanday keçadi Netanyaxuning kursisi qimirlamoqda. Isroilda bölib ötgan saylovlar endi mamlakatdagi arablarning ham qarorlari vaznga ega böla boşlaganini körsatmoqda. Ammo hali kim töliq ğalaba qozondi aniq emas. Hammasi Isxak Gersogga boğliq. Ikki tezyurar poyezd bir-biriga urilib ketdi. Ispaniyada motam. Ammo bu şunçaki temiryöllardagi halokat emas, balki tizimga nisbatan norozilikning kuçayişi böldi. Madrid köçalarida ham namoyişlar ketmoqda. Turkiya 103ga kirdi. Şu munosabati bilan ötkazilgan Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammiti ham katta yangiliklar va kutilmagan bayonotlarga boy böldi. Xöş, turkiy dunyoni oldinda nimalar kutmoqda.

Tagi zil bölgan hazil

Dunyodagi eng maşhur futbolçilardan biri böliş faqat maydonda gol uriş yoki sovrin yutiş bilangina çeklanmaydi. Millionlab muxlislari, milliardlab dollarlik reklama bozori va siyosiy jihatdan sezgir auditoriya oldida har bir söz ham qimmatga tuşişi mumkin. Fransiyalik futbolçi Kilian Mbappe buni öz tanasida his qilib kördi. Uning Xitoyning sobiq rahbari Mao Szedun bilan boğliq hazili ortidan xitoylik bir neçta yirik kompaniya u bilan hamkorlikni töxtatdi, davlat televideniyesi Ispaniya çempionati translyatsiyalarini bekor qildi. Vaziyat şu darajaga yetdiki, futbolçining özi ham, u töp surayotgan “Real Madrid” klubi ham Xitoydan uzr söraşga majbur böldi.

Odatda Kilianni “diktator” deyişadi. Bu hazil taxallus futbolçining maydonda özini tutişi, öyin tempini töliq özi nazorat qilişga urinişi bilan boğliq bölib, tarmoqlarda u iştirokida köplab yumoristik suratlar, memlar mavjud. Ammo ulardan biri futbolçi va Xitoy hukumati örtasida katta norozilikni yaratdi.

Mojaro fransiyalik futbolçining öz yuzi bilan yasalgan qaysi memni eng köp yoqtirişi haqidagi savolga javob berişi bilan boşlandi. Xususan, öz yuzini Xitoyning sobiq rahbari Mao Szedun suratiga qöşib işlangan tasvirni yoqtirişini aytgan. Futbolçi uşbu memdagi şaxsni “qandaydir xitoylik diktator” degan. Mazkur videolavha 26 oktyabr kuni internetda virus kabi tarqalişi ortidan Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Mbappega qarşi keskin munosabat şakllana boşladi.

Aslida Mao Szedun Xitoy tarixidagi muhim figuralardan biridir. U 1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasi taşkil etilganidan 1976 yilda vafotigaça mamlakatni boşqargan, Kommunistik partiya tarixida alohida örin tutadigan siyosiy arbob hisoblanadi. Uning boşqaruvi davridagi “Katta sakraş” va “Madaniy inqilob” kabi siyosiy kampaniyalar esa millionlab insonlarning hayotiga zomin bölgan oğir oqibatlari bilan tarixda qolgan.

Şunga qaramay, Mao obrazi bugungi Xitoy siyosiy tizimida davlat va partiya tarixining muhim ramzlaridan biri bölib qolmoqda. Aynan ijtimoiy qadriyatlar tizimi şaxslarning uluğvorligi ustiga qurilgan jamiyatlarda Maoning ustidan kuliş yoki obrazini masxara qiliş mamlakatda oddiy hazil sifatida qabul qilinmagan.

Şu tufayli hazil ortidan futbolçiga nisbatan bosim faqat ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar bilan çeklanib qolmadi. 27 oktyabr kuni Xitoyning bir neçta yirik kompaniyalari u bilan hamkorlikni darhol töxtatişini e’lon qildi. Ular orasida sut mahsulotlari işlab çiqaruvçi Mengniu va Shanghai Milkground, şuningdek, içimliklar işlab çiqaruvçi Eastroc Beverage kabi yirik gigantlar bor edi. Kompaniyalar öz bayonotlarida Xitoy xalqining milliy tuyğulariga zarar yetkazadigan har qanday xatti-harakatga nisbatan murosasiz munosabatda ekanini bildirgan.

Bundan taşqari, Xitoy davlat televideniyesi CCTV Ispaniya La Liga çempionati öyinlari va Mbappe iştirokidagi tadbirlar translyatsiyasini töxtatdi. Futbolçining reklama tasvirlari ham olib taşlana boşlandi. Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmoğida Mbappe bilan boğliq törtta mavzu eng köp muhokama qilinayotgan önta mavzu qatoriga kirdi. Ayrim foydalanuvçilar futbolçini mamlakatda qora röyxatga kiritiş va uning tijoriy qiymatini nolga tuşirişga çaqirgan. Şuningdek, uning Weibo va Xiaohongshu platformalaridagi akkauntlariga çeklovlar joriy etilgan.

Mbappe katta figura, u bilan boğliq muammolar butun boşli futbolning muammosiga aylanib ketişi heç gap emas. Ma’lumotlarga köra, La Liga prezidenti Xaver Tebas Xitoyning Ispaniyadagi elçisi bilan uçraşib, yuzaga kelgan muammoni hal qiliş yöllarini muhokama qilgan. U taşkilot nomidan xitoylik muxlislardan uzr sörab, Xitoy liganing strategik hamkori bölib qolişini ta’kidlagan. Zero, gap faqat bitta futbolçining hazili haqida emas, balki dunyoning eng yirik iste’mol bozorlaridan biri bilan tijoriy aloqalar xavf ostida qolayotgani haqida ham borardi.
Mbappe ham 27 oktyabr kuni ingliz, fransuz va xitoy tillarida bayonot berib, uzr sörab Xitoy hukumatiga murojaat qildi.

“Yaqindagi intervyu davomida men özimning tasvirimga munosabat bildirgan edim. Mening izohim öylanmay aytilgan edi va endi tuşunib yetdimki, u Xitoydagi hamda butun dunyodagi juda köp xitoyliklarning dilini oğritgan.
Sözlarim tufayli xafa bölgan barçadan keçirim sörayman. Men mutlaqo yomon niyatda aytmaganman. Men Xitoy xalqini va uning tarixini çuqur hurmat qilaman hamda çin dildan afsusdaman”, deydi u.

28 oktyabr kuni esa Xitoy Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Go Szyakun Pekinda ötkazilgan brifingda uşbu uzrga munosabat bildirdi. Bayonotda “biz tegişli şaxs tomonidan bildirilgan uzrni jiddiy qabul qilamiz”, deyildi va bu bilan Pekin futbolçining bayonotini e’tiborsiz qoldirmayotganini körsatdi. Biroq bu mojaro töliq yopildi yoki Mbappega nisbatan avvalgi munosabat tiklanadi, degani emas.

Şu bilan birga, voqea “Real Madrid” klubini ham noqulay vaziyatga qöydi. Dastlab klub futbolçining şaxsiy fikri uning Xitoy xalqini haqorat qiliş niyatini anglatmasligini ta’kidlagan. Biroq Xitoy davlat OAVlarida klubning munosabati tanqid qilinişi va CCTV tomonidan uzr talab qilinişi ortidan 28 oktyabr kuni “Real Madrid” ham alohida bayonot bilan çiqdi. Klub Mbappening sözlari tufayli xitoylik muxlislarda yuzaga kelgan ranjiş uçun uzr sörab, Xitoy tarixi, madaniyati va xalqiga hurmat bilan munosabatda bölişini bildirdi.

“Klubimiz futbolçimiz Kilian Mbappening sönggi bayonotlari tufayli yuzaga kelgan har qanday noqulaylik uçun Xitoy xalqidan uzr söraydi. “Real Madrid” Xitoyga, uning tarixi, madaniyati va xalqiga, şuningdek, mamlakatdagi millionlab muxlislarimizga çuqur hurmat bilan qaraydi”, deyiladi klub rasmiy bayonotda.

Tarixni titkilaydigan bölsak, bunday holat avval ham kuzatilganini köriş mumkin. 2019 yilda NBA klublaridan biri – “Houston Rockets” boş menejeri Daril Mori Gonkongdagi namoyişlarni qöllab-quvvatlovçi post e’lon qilganidan keyin ham Xitoyda katta norozilik yuzaga kelgan. Natijada Xitoy davlat televideniyesi NBA öyinlari translyatsiyasini bir yilga töxtatgan, ayrim homiylik şartnomalari ham bekor qilingan. 2018 yilda esa Dolce & Gabbana brendining Xitoy madaniyatini haqorat qiluvçi deb baholangan reklamalari ortidan kompaniya Şanxaydagi moda namoyişini bekor qilişga majbur bölgan.

Qisqa qilib aytgdan, “Hammniki öziga – oy körinar köziga”. Siyosat şunday nozik bir torki, birgina kirçik notöğri tebraniş katta va baland tölqinlarni vujudga keltirişi mumkin. “Diktator”ning bir kiçik xatosi ham futbolga bugun million dollarga tuşayotgani buning yaqqol isbotidir.

Braziliyadan qoçiş

Braziliyada saylovlar yakunlandi, ammo kuraş hali töxtagani yöq. Amaldagi prezident Luis Inasiu Lula da Silva kutilmagan siyosiy buriliş yasab, öng qanot muxolifatçisi Flavio Bolsonaro ustidan ğalaba qozondi va törtinçi prezidentlik muddatini qölga kiritdi. Biroq saylovdagi mağlubiyatni tan olişni istamagan va oldinroq va’da qilingan qamoqdan qörqqan Bolsonaro mamlakatni tark etib, AQŞga yöl oldi. Mayamiga yetib borganidan keyin esa u özini Braziliyaning haqiqiy yetakçisi deb e’lon qildi. Donald Tramp ham saylov natijalarini şubha ostiga olib, jarayonni “soxtalaştirilgandek” köringanini aytmoqda. Lotin Amerikasining eng yirik davlatida hokimiyat uçun kuraş endi saylov uçastkalaridan taşqariga köçdi.
25 oktyabr kuni bölib ötgan prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçida 80 yoşli Luis Inasiu Lula da Silva 51,8 foiz ovoz bilan ğalaba qozondi. Uning raqibi, sobiq prezident Jair Bolsonaroning öğli va senator Flavio Bolsonaro esa 48,2 foiz ovoz olgan. Natijada Lula raqibidan qariyb 4,5 million ovoz köproq töplab, Braziliya tarixida törtinçi prezidentlik muddatini qölga kiritgan ilk siyosatçiga aylandi.

Şunday şaroitda Flavio Bolsonaro 27 oktyabr kuni Braziliyani tark etdi. Buning ortida unga va’da qilingan qamoq jazosi uçun boşlangan jinoiy işning boşlanişi turar edi. Oliy sud senatorga nisbatan olib borilayotgan pul yuviş böyiça tergov işi elon qilgan. Ğarçi Bolsonaro ayblovlarni rad etgan bölsada, Braziliyadan qoçişga qaror qilgan. Ma’lumotlarga köra, u avval Argentinaga ötgan, keyin xususiy samolyotda Ekvador orqali AQŞning Mayami şahriga yetib borgan. Uning rafiqasi va ikki qizi ham safarda unga hamrohlik qilgan.

Vaziyatning xalqaro tus olişi ham aynan şu yerda boşlandi. AQŞ Davlat departamenti Bolsonaro va uning oilasiga mamlakatga kiriş vizalari berilişini ma’lum qilgan. Donald Tramp esa braziliyalik siyosatçining AQŞga kelişiga qarşi emasligini bildirgan. Bundan taşqari, u 26 oktyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda Braziliyadagi saylovlar “yana bir soxtalaştirilgan saylovdek köringanini" aytdi. Biroq Amerika prezidenti bu da’vosini tasdiqlovçi dalil keltirmagan.

“Menimça, bu dahşatli körindi. Rostini aytsam, bu yana bir soxtalaştirilgan saylovga öxşadi. Men heç kimning tarafini olmadim, ammo bu tomoşa dahşatli edi”, degan Tramp.

28 oktyabr kuni Mayamiga yetib kelgan Flavio Bolsonaro esa vaziyatni yanada keskinlaştirdi. U dastlab ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan maktubida özini “saylangan prezident” deb atadi va saylov natijalarini davlat töntarişiga tenglaştirdi. Keyinçalik uşbu maktubni öçirib, yangilangan bayonotida özini Braziliyaning “haqiqiy yetakçisi” deb e’lon qildi. Unga köra, mamlakatda saylov natijalarini soxtalaştiriş orqali hokimiyat Lula va uning ittifoqçilari qöliga ötgan.

Qiziği, u Braziliyani tark etganini qoçiş deb hisoblamasligini aytdi. Aksinça, özini va oilasini siyosiy ta’qibdan himoya qiliş uçun mamlakatni tark etganini bildirdi. 

Şuningdek, Argentina prezidenti Xaver Miley va Donald Trampga safar davomida körsatgan yordami uçun minnatdorlik bildirdi.
Lula da Silva esa raqibining mamlakatdan çiqib ketişini keskin tanqid qilgan. Uning fikriça, özini aybsiz deb hisoblagan siyosatçi mamlakatda qolib, bunga sud orqali javob berişi kerak edi. Braziliya rahbari Flavioning mamlakatni tark etişini uyatli holat deb atagan.

Mazkur voqea Vaşington va Braziliya örtasidagi munosabatlarga ham ta’sir körsatmoqda. Lula ma’muriyati AQŞni Bolsonarolar oilasining siyosiy qaytişiga yordam berişda ayblagan. “Reuters” saylovdan avval ham AQŞ Davlat departamenti doirasida Bolsonarolarni yana hokimiyatga olib kelişga qaratilgan diplomatik harakatlar bölganini xabar qilgan edi. Vaşington esa Braziliyaning içki siyosiy jarayonlariga aralaşayotganini rad etmoqda.
Şunday qilib, Braziliyada saylov yakunlandi, prezident aniqlandi, ammo siyosiy legitimlik uçun kuraş davom etmoqda. Bir tomonda saylov komissiyasi va xalqaro kuzatuvçilar tomonidan tan olingan ğalaba, ikkinçi tomonda esa dalillarsiz saylov soxtalaştirilgani haqida gapirayotgan mağlub nomzod va uni qöllab-quvvatlayotgan dunyoning eng qudratli davlati rahbari turibdi.

Isroil taqdiri kimlarning qölida?

Isroilda 27 oktyabr kuni bölib ötgan parlament saylovlari mamlakat siyosiy hayotidagi navbatdagi murakkab davrni boşlab berdi. Boş vazir Binyamin Netanyaxu ham, uning asosiy raqibi Gadi Ayzenkot ham hukumat tuziş uçun yetarli ovoz töplay olmadi. Biroq saylovning eng katta kutilmagan natijasi arab saylovçilarining rekord darajadagi faolligi böldi. Ular parlamentda 19 ta örinni qölga kiritib, endilikda Isroilning navbatdagi hukumatini kim boşqarişini hal qilişda muhim kuçga aylandi. Qiziği şundaki, yillar davomida siyosiy jarayonlardan çetda qoldirilgan uşbu elektorat bugun hukumat taqdirini belgilaşi mumkin.

27 oktyabr kuni Isroilda bölib ötgan parlament saylovlari mamlakatdagi siyosiy kuçlar muvozanatini jiddiy özgartirib yubordi. Saylovda Binyamin Netanyaxuning öng qanot va ultraortodoksal partiyalardan iborat bloki 53 ta, uning asosiy raqibi, sobiq armiya ştabi boşliği Gadi Ayzenkot boşçiligidagi muxolif kuçlar esa 48 ta deputatlik örnini qölga kiritdi. Biroq qonunçilik böyiça 120 örinli Knessetda hukumat şakllantiriş uçun kamida 61 ta ovoz kerak. Şu sabab har ikki tomon ham mustaqil ravişda hukumat tuziş imkoniyatidan mahrum bölgan. Saylovning yakuniy natijalariga köra, arab partiyalari esa jami 19 ta öringa ega çiqdi. Bu arab siyosiy vakilligi uçun mutlaq rekord böldi.

Saylovda umumiy iştirok 77,9 foizni taşkil etgan. Biroq eng katta faollik mamlakatdagi arab saylovçilari orasida kuzatilgan. “Mossawa” markazi ma’lumotlariga köra, arab fuqarolarining qariyb 80 foizi ovoz berişda qatnaşgan. Taqqoslaş uçun, 2022 yilgi saylovlarda bu körsatkiç 53 foiz atrofida edi. Ya’ni, tört yil içida arab elektoratining siyosiy faolligi sezilarli darajada oşgan.

Arab siyosiy vakilligi asosan ikki saylov birlaşmasi orqali şakllangan: Mansur Abbos boşçiligidagi Birlaşgan arab röyxati – Ra’am va bir neçta partiyani birlaştirgan Qöşma röyxat. Ularning parlamentdagi jami 19 ta örni endilikda oddiy muxoliflik bilan çeklanmaydi. Çunki Ayzenkot blokining 48 ta örni va arab partiyalarining 19 ta örni birgalikda 67 tani taşkil etadi. Bu esa Netanyaxu hukumatini böğib turiş uçun matematik jihatdan yetarli körsatkiçdir.

Ayni paytda, arab partiyalari siyosiy hamkorlikka tayyor ekanini bildirmoqda. Qöşma röyxat vakillari Netanyaxu hukumatini hokimiyatdan çetlatiş uçun barça imkoniyatlardan foydalanişga tayyorligini aytgan. Ra’am esa Ayzenkot boşçiligidagi hukumatda iştirok etiş ehtimolini ham oçiq qoldirmoqda. Biroq ular bunday hamkorlik evaziga arab jamoalariga investitsiyalarni oşiriş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, uy-joylarni buziş amaliyotini çeklaş va teng huquqlilik masalalarida aniq kafolatlar talab qilişi mumkin.

Saylovdan keyin Netanyaxu arab partiyalarining muvaffaqiyatini şubha ostiga olişga kirişdi. U 29 oktyabr kuni arab hududlaridagi ovoz beriş jarayonida firibgarlik sodir etilgani haqida da’volar bildirgan va xorijiy kuçlar saylovga aralaşgan bölişi mumkinligini ilgari surdi. Biroq bu ayblovlar böyiça tizimli saylov qoidabuzarliklari aniqlangani yöq. Markaziy saylov komissiyasi rahbari Din Livne saylov qonuniy ötkazilganini va uning yaxlitligiga tizimli zarar yetkazilganini körsatuvçi asos yöqligini bildirdi. Arab siyosatçilari esa Netanyaxuning bayonotlarini ularning siyosiy iştirokini noqonuniy yoki nomaqbul körsatişga qaratilgan harakat sifatida baholagan.

Endi hukumat taqdiri Isroil prezidenti Isaak Gersog qöliga ötadi. U parlamentga kirgan barça partiyalar rahbarlari bilan maslahatlaşib, kim hukumat tuziş uçun yetarliça siyosiy kömakka ega ekanini aniqlaşi lozim. Muhim jihati şundaki, prezident avtomatik ravişda eng köp deputatlik örnini olgan partiya rahbariga mandat bermasligi mumkin.

Hozirça Ayzenkotning prezidentdan birinçi mandatni oliş imkoniyati mavjud. Çunki arab partiyalari uning nomzodini qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirgan. Biroq Netanyaxu ham siyosiy maydondan töla çetlatilgani yöq. U boş vazir lavozimini yangi hukumat şakllanguniga qadar vaqtinça saqlab qoladi. Bundan taşqari, Netanyaxu özining amaldagi koalitsiyasiga muxolifatdagi ayrim partiyalarni jalb qiliş yoki siyosiy kelişmovçiliklar sababli yangi saylovlarga erişiş variantlarini ham körib çiqişi mumkin.

Isroildagi saylovlarning eng muhim natijasi şundaki, mamlakat siyosiy tizimida arab fuqarolarining ovozi endi e’tiborsiz qoldirib bölmaydigan kuçga aylandi. Bugun Isroil oldida turgan asosiy savol faqat Netanyaxu hokimiyatda qoladimi yoki Ayzenkot uning örnini egallaydimi, degan masala emas. Gap, şuningdek, mamlakatdagi arab fuqarolari saylovda bergan ovozi orqali siyosiy qarorlar qabul qiliş jarayonida teng huquqli iştirokçiga aylana oladimi, degan savolda hamdir.

Ispaniyadagi fojia

Ispaniyada bir-biriga urilgan ikkita tezyurar poyezd 69 kişining hayotiga zomin böldi. Qurbonlar orasida 24 yoşli istiqbolli yengil atletikaçi ham bor. Mamlakat hali halokat oqibatlarini bartaraf etişga ulgurmasidan, Madrid köçalarida hukumat va transport vazirining iste’fosini talab qilgan namoyişlar boşlandi. Eng taşvişlisi, bu 2026 yilda Ispaniya temiryöllarida yuz bergan ikkinçi yirik fojia. Jamoatçilikni faqat poyezdlar töqnaşgani emas, balki bunday halokatlarning oldini ololmaganlarni lavozimdan çetlatiş masalasi ham oyoqqa turğizdi.

28 oktyabr kuni Ispaniyaning Toledo provinsiyasida ikkita tezyurar poyezdning töqnaşişi mamlakatni motamga çömdirdi. Madrid şahridan Sevilyaga qarab harakatlanayotgan davlatga qaraşli Renfe kompaniyasining AVE poyezdi Urda şaharçasi yaqinida xususiy Iryo kompaniyasiga tegişli, temiryöl ustida töxtab qolgan boşqa poyezdning orqa qismiga kelib urilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 08:53 da sodir bölgan töqnaşuv oqibatida bir neçta vagon relsdan çiqib ketgan, ayrimlari esa temiryöl kötarmasidan pastga qulab tuşgan. Halokat vaqtida ikkala poyezdda jami 544 nafar yölovçi bölgan.

29 oktyabr kuni vafot etganlar soni 69 nafarga yetdi. Yuzdan ortiq kişi jarohatlandi, ularning ayrimlari oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. Ispaniya hukumati 30 oktyabr holatiga köra, halokat qurbonlarini aniqlaş va bedarak yöqolganlarni qidiriş işlarini davom ettirmoqda. Mamlakatda үç kunlik milliy motam e’lon qilingan. Boş vazir Pedro Sançes fojia yuzasidan keng qamrovli tergov ötkazilişini va ehtimoliy mas’uliyatsizlik holatlari aniqlansa, tegişli çoralar körilişini bildirgan. Şu bilan birga, Madridning Kibele maydonida halok bölganlar xotirasiga bağişlangan alohida tadbir ham ötkazildi.

Halok bölganlar orasida 24 yoşli ispaniyalik yengil atletikaçi Xuliyeta Galego ham bor. Germaniyada yaşagan sportçi Ispaniyaga qisqa muddatga kelgan va Madridning AD Sprint klubida uzunlikka sakraş böyiça şuğullangan. Ispaniya yengil atletika federatsiyasi uning vafotidan çuqur qayğuda ekanini bildirib, sportçining oilasi va jamoadoşlariga hamdardlik bildirgan.

Biroq fojianing sabablari haqidagi savollar bundan ham jiddiyroq. Ispaniya Transport vaziri Oskar Puente dastlabki ma’lumotlarga köra, halokatga temiryöl harakatini boşqaruvçi tizimdagi kompyuter nosozligi va undan keyin qabul qilingan notöğri qarorlar sabab bölganini aytgan edi. Uning tuşuntirişiça, 08:30 atrofida yuz bergan texnik nosozlik oqibatida bir neçta poyezd harakati avtomatik ravişda töxtatilgan. Keyinçalik Madridning Atoça stansiyasidagi markaziy boşqaruv markazi Renfe poyezdiga harakatni qayta boşlaşga ruxsat bergan. Biroq uning oldida Iryo poyezdi hali ham temiryölda töxtab turgan edi.

Aynan şu noaniqlik va hukumatning temiryöl xavfsizligini ta’minlaşdagi mas’uliyati Madrid köçalarida noroziliklarga sabab böldi. 28 oktyabr oqşomida mingdan ortiq kişi Ispaniya Transport vazirligi binosi oldida töplanib, vazir Oskar Puente va hukumat rahbari Pedro Sançesning iste’fosini talab qila boşladi. Namoyişçilarning ayrimlari Ispaniya bayroqlarini kötarib, hukumatga qarşi şiorlar aytdi. Vaziyat keskinlaşib, namoyişçilar va politsiya örtasida töqnaşuvlar yuz bergan. Ayrim iştirokçilar politsiya tösiğiga buyumlar va muşakbozlik vositalarini uloqtirganidan keyin huquq-tartibot xodimlari közdan yoş oqizuvçi gaz qöllagan.

Eng taşvişlisi, bu Ispaniya temiryöllarida yil boşidan beri yuz bergan birinçi yirik halokat emas. 18 yanvar kuni mamlakat janubidagi Kordova provinsiyasining Adamus hududida ikkita poyezd töqnaşişi oqibatida 46 kişi halok bölgan edi. Yanvar va oktyabr oylaridagi halokatlarda jami 115 kişi hayotdan köz yumgani ma’lum böldi. Har ikki hodisada ham Renfe kompaniyasiga qaraşli poyezdlar iştirok etgani temiryöl infratuzilmasi va xavfsizlik tizimlariga nisbatan jamoatçilik e’tiborini yanada kuçaytirdi.

“Reuters” tahliliga köra, Ispaniya 2018–2022 yillarda tezyurar temiryöl tarmoğiga yiliga örtaça 1,5 milliard yevro sarflagan. Bu Yevropadagi eng yuqori körsatkiçlardan biri bölsa-da, mablağlarning atigi 16 foizi mavjud infratuzilmani ta’mirlaş, yangilaş va modernizatsiya qilişga yönaltirilgan. Asosiy mablağlar esa yangi temiryöl liniyalarini qurişga sarflangan. Bu raqamlar mamlakatda temiryöl tarmoğini kengaytiriş bilan uning xavfsizligini saqlaş örtasidagi muvozanat masalasini kun tartibiga olib çiqmoqda.

Fojia Ispaniyada 29 noyabrga belgilangan muddatidan oldingi parlament saylovlari arafasida yuz bergani ham vaziyatga siyosiy tus bermoqda. Odamlar orasida turli konsperalogiyalar tarqalmoqda. Fojiani Sançesning siyosati samarasiz ekanligini körsatiş maqsadida taşqi kuçlar ta’siri bilan boğlaşmoqda. Ammo bunday asossiz qaraşlarni isbotlovçi aniq dalillar mavju emas.

Turkiylarning bayrami

Turkiyada 29 oktyabr kuni Respublika e’lon qilinganining 103 yilligi nişonlandi. Bayram munosabati bilan Anqaraga yiğilgan turkiy davlatlar rahbarlari esa şunçaki tantanalarda qatnaşiş bilan çeklanmay, taşkilotning kelgusi siyosiy va iqtisodiy yönalişlarini belgilab oldi. 30 oktyabr kuni bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkilotining (TDT) 13-sammitida Örta koridor, energetika, raqamli hamkorlik va umumiy investitsiya loyihalari muhokama qilingan.

103 yillik Turkiya. 1923 yilning aynan 29 oktyabr sanasida Mustafo Kamol Otaturk Turkiya Respublikasini e’lon qilgan va uning birinçi prezidenti etib saylangan edi. Bu yilgi bayram Anqarada alohida siyosiy ahamiyat kasb etdi. Çunki tantanalar ortidan Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammiti ötkazilib, raislik vakolati Ozarbayjondan Turkiyaga ötdi. “Turkiy asr: til, fikr va amalda birlik” şiori ostida taşkil etilgan uçraşuv 30 oktyabr kuni Anqarada yakunlandi.

Sammitda Turkiya, Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston prezidentlari, şuningdek, kuzatuvçi maqomidagi Turkmaniston rahbari Serdar Berdimuhamedov iştirok etdi. Biroq taşkilotning asosiy a’zolaridan biri bölgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning kelmagani e’tiborni tortdi. Baku sammitda Taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramov orqali vakillik qildi. Ozarbayjon OAVlari Aliyevning iştirok etmasligini avvaldan rejalaştirilgan boşqa tadbirlar bilan izohlagan bölsa-da, bu holat ikki an’anaviy ittifoqçi örtasidagi sönggi vaqlardagi ziddiyatli vaziyatlardan keyin yuzaga kelgani köpçilikning e’tiborini tortdi.

Sammitning yana bir kutilmagan siyosiy signali esa Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayevdan çiqqan. U Rossiyani TDTning “TDT Plus” formatiga jalb qiliş yoki unga kuzatuvçi maqomini beriş imkoniyatini körib çiqişni taklif qilgan. Töqayevning fikriça, bu taşkilotning xalqaro nufuzi va işonçliligini oşirişga xizmat qilişi mumkin.

Bu taklif bir qaraşda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga qaratilgandek körinsa-da, uning geosiyosiy mazmuni köpçilikni xavotirga solmoqda. Zero, TDTning asosiy transport loyihalaridan biri bölgan Örta koridor Xitoy va Markaziy Osiyoni Kaspiy dengizi, Kavkaz hamda Turkiya orqali Yevropa bilan boğlaydi. Mazkur yönaliş Rossiya hududidan ötuvçi an’anaviy şimoliy transport yöliga muqobil sifatida rivojlantirilmoqda. Şunday şaroitda Rossiyani taşkilot faoliyatiga jalb etiş taklifi öziga xos diplomatik paradoksni yuzaga keltirmoqda. Biroq Töqayev Rossiyaning taşkilotga töliq qöşilişi haqida yakuniy qaror taklif qilgani yöq, u kuzatuvçilik yoki maxsus hamkorlik formatini nazarda taklif etişi, Federatsiya tarkibidagi boşqa turkiy xalqlarni ham qamrab olişni nazarda tutgani aytilmoqda. Qolaversa, Qozoğiston rahbari TDT harbiy ittifoqqa aylanmasligi kerakligini ham alohida ta’kidlagan.

“Rossiya yirik davlat sifatida asrlar davomida turkiy dunyo bilan yaqin aloqalarni saqlab kelmoqda. Uşbu mamlakat hududida tarixan köplab turkiy xalqlar vakillari istiqomat qiladi. Hozirgi vaqtda Rossiya “Oltoy – turkiy sivilizatsiya beşigi” loyihasini ilgari surmoqda va Qozoğiston buni qöllab-quvvatlaydi. Rus tilidagi juda köp sözlar turkiy kelib çiqişga ega.
Umuman olganda, agar Rossiya turkiy mamlakatlarning, ya’ni taşkilotimizning bir qismiga aylansa, bu barça davlatlarimizga foyda keltirgan bölardi”, deydi Prezident.

Uçraşuvda iqtisodiy va transport hamkorligi ham asosiy mavzulardan biri bölgan. Yevropa va Osiyoni boğlovçi Örta koridorning ahamiyati tobora ortib borayotgan bir paytda Töqayev joriy yilning dastlabki töqqiz oyida uşbu yönalişdagi yuk taşiş hajmi 30 foizga, tranzit yuklari esa 90 foizga oşganini ma’lum qilgan. Qozoğiston va TDT davlatlari örtasidagi temiryöl orqali yuk taşiş hajmi esa qariyb 40 million tonnaga yetgan.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham taşkilot doirasidagi amaliy hamkorlikni kүçaytirişga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surgan. Jumladan, “Turkiy dunyo – 100” dasturini qabul qiliş taklif qilindi. Unga köra, strategik foydali qazilmalarni çuqur qayta işlaş, yaşil energetika uskunalarini mahalliylaştiriş va yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqarişga qaratilgan 100 ta qöşma investitsiya va sanoat loyihasi amalga oşirilişi mumkin.

Mirziyoyev, şuningdek, uçinçi davlatlar bilan hamkorlikni kengaytiriş uçun “Turkiy davlatlar taşkiloti Plus” formatini rivojlantiriş, Örta koridor böylab yagona logistika tarmoğini yaratiş va uning boşqaruvini muvofiqlaştirişni taklif etdi. Tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiliş uçun tijorat masalalarida özaro huquqiy yordam töğrisida köp tomonlama bitim işlab çiqiş taşabbusi ham bildirildi.

“Işonçim komilki, bugungi Anqara sammiti olijanob maqsadimiz, birdamlik ğoyamiz va uluğvor rejalarimizga erişiş yölida muhim qadam böladi. Zero, barçamizning orzu-istaklarimiz va intilişlarimiz muştarak. Biz bir bölsak, yanada qudratlimiz. Hamjihat bölsak, yanada yuksak marralarga albatta erişamiz”, deydi davlat rahbari öz nutqi yakunida.

Bundan taşqari, turkiy davlatlar örtasida turizmni rivojlantiriş maqsadida Turkiy turizm alyansini taşkil etiş, Yevropa Ittifoqida bölgani kabi fuqarolarning milliy ID-kartalar orqali özaro safar qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş taklif qilindi. Umumiy turkiy sözlar luğatini yaratiş taşabbusi esa iqtisodiy hamkorlik bilan bir qatorda madaniy integratsiyaga ham e’tibor qaratilayotganini körsatdi.

Sammitda Erdoğan ham raqamli hamkorlik masalasiga alohida töxtaldi. U turkiy tillarni qamrab oluvçi umumiy katta til modelini işlab çiqiş, yagona raqamli savdo platformasini yaratiş va kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuçaytirişni taklif qilgan. Şuningdek, taşkilot doirasida qöşma 12U CubeSat sun’iy yöldoş loyihasi yakunlangani va kosmik sanoat sohasidagi hamkorlik böyiça asosiy bitim imzolangani ma’lum qilindi.
Sammitning yana bir muhim natijasi Özbekistonning xalqaro taşkilotdagi institutsional mavqei bilan boğliq böldi. Özbekiston vakili Mirvohid Azimov TDT boş kotibi lavozimini qabul qilib oldi. Taşkilotning navbatdagi sammitini 2027 yilda Özbekistonda ötkaziş töğrisida ham qaror qabul qilindi.

30 oktyabr kuni sammit yakunida Anqara deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda transport, savdo, energetika, raqamlaştiriş, kiberxavfsizlik va madaniy aloqalarni rivojlantiriş ustuvor yönalişlar sifatida belgilandi. Turkiya esa navbatdagi davrda taşkilot raisligini amalga oşiriş bilan birga, uning kotibiyati faoliyati va a’zo davlatlar örtasidagi muvofiqlaştiriş mexanizmlarini kuçaytirişga kirişadi.

Umuman olganda, Anqara sammiti turkiy davlatlar hamkorligining şiddat bilan rivojlanib borayotganini körsatib berdi. Logistika, tijorat, turizm va axborot kabi yana köplab sohalarda özaro integratsiyalaşuv hali turkiy dunyo yagona bir kuç sifatida xalqaro maydonda katta örin egallaşini körsatmoqda.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing