Şavkat Mirziyoyevning Turkiyaga taşrifi yakunlandi
Jamiyat
−
17:27 466 1 daqiqa
Bugun, 30 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Anqara şahriga amaliy taşrifini yakunlab, Toşkentga jönab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Etimesgut” aeroportida davlat rahbari va rafiqasini Turkiya Respublikasi savdo vaziri Ömer Bolat va boşqa rasmiylar kuzatib qöygan.



Eslatib ötamiz, keça, 29 oktyabr kuni Özbekiston yetakçisi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşuv ötkazdi hamda Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi boğining oçiliş marosimida iştirok etdi.
Bugun, 30 oktyabr kuni Turkiy davlatlar taşkilotining navbatdagi sammiti bölib ötdi. Unda Prezident köp tomonlama şeriklikni yanada kengaytirişning ustuvor yönalişlarini belgilab berdi hamda qator muhim taşabbuslarni ilgari surdi.
Taşrif doirasida Turkiyaning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ham ötkazildi.
Live
Barchasi