Janubiy Koreya prezidenti vaqtinchalik hibsxonaga ko‘chirildi

Olam

image

Bugun, 15 yanvar kuni tergov doirasida qo‘lga olingan Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlashtirilgan prezidenti Yun Sok Yol vaqtinchalik saqlash izolyatoriga o‘tkazildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning "Yonhap" axborot agentligi xabar berdi.

Yun Sok Yol hibsga olinganidan so‘ng, Korrupsiya bo‘yicha tergov idorasiga ko‘rsatma berish uchun olib ketilgan. So‘roq yakunlangach, Yun Sok Yol vaqtinchalik hibsxonaga o‘tkazilgan.

Janubiy Koreya prezidentining advokatlari sudga qarorning qonuniyligi tekshirilishini talab qilib, ariza topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 3 dekabr kuni kechqurun Yun Sok Yol Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilgan edi. Ammo bu holat taxminan olti soatdan keyin bekor qilindi. Shundan so‘ng, 14 dekabr kuni Yun Sok Yolga nisbatan impichment e’lon qilindi. Oqibatda uning vakolatlari to‘xtatildi.

Birlashgan tergov guruhi 14 dekabr kuni parlamentda impichment e’lon qilinganidan keyin vakolatlari to‘xtatilgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olishga order berish uchun Seul sudiga murojaat qilgandi. Janubiy Koreya sudi tergovchilarning iltimosini qanoatlantirib, Yun Sok Yolni hibsga olishga order berdi. Orderga ega tergovchilar 3 yanvar kuni mamlakat tarixida birinchi marta prezident qarorgohiga uni hibsga olish maqsadida yetib borgan,  ammo tergovchilar Yun Sok Yolni hibsga olish bo‘yicha bo‘lgan besh soatlik qarama-qarshilikdan so‘ng unga qarshi order ijrosini to‘xtatishga qaror qilgan. 7 yanvar kuni Janubiy Koreya sudi mamlakat prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish uchun yana order berdi. Bugun, 15 yanvar kuni huquq-tartibot idoralari Janubiy Koreya prezidentini fitna ishi bo‘yicha hibsga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing