Jamshid Qo‘chqorov: “Alisher Usmonov O‘zbekistonga yana 5 mln dollar ajratdi”

Jamiyat

image

Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov pandemiya davrida O‘zbekistonga 25 million dollar xayriya qildi. Avvalroq, u 20 million dollar ajratgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 23 aprel kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy tarqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida xayriyalar haqida ma’lumot berayotganda Alisher Usmonov yana 5 mln dollar ajratganini aytib o‘tdi.

“Bizga 600 milliard so‘mlik xayriya mablag‘lari kelib tushdi. Odamlar davlatga yelkadosh bo‘lib turibdi. Chunki barcha ko‘ryaptiki, ko‘pka kelgan muammo. Xususan, vatandoshimiz, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov 20 million dollar ajratdi, bugun esa uning nomidan yana 5 million dollar kelib tushadi. Bu mablag‘lar birinchi navbatda Zangiota tumanida qurilayotgan shifoxonani jihozlash uchun sarflanadi. Bundan tashqari, UzTex 1 million dollar ajratgan, Navoiy viloyatidagi “Baxt tekstil“ korxonasi 500 ming dollar, Turkiyadagi “Tashkent Trade Centre” 200 ming dollar xayriya qilgan”, deydi Jamshid Qo‘chqorov.

Qo‘chqorovning aytishicha, O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik jamg‘armasiga o‘tkazilgan pullar 71 milliard so‘mdan oshdi. Bular 50 minggi dollar va 11 minggi yevroda. Vazir bu mablag‘lar uchun homiylaga minnatdorlik bildirib o‘tdi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Alisher Usmonovga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirgandi hamda milliarder koronavirus vaksinasi topilsa, uni O‘zbekistonga olib kelishga va’da berganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1716 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 454 nafari davolangan, 7 nafari vafot etgan.  

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Xayriya

Baholaganlar

284

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing