Alişer Usmonovning YeIga qarşi da’vosi bloklanişi noqonuniy deb topildi

Olam

−

image

Germaniya Federal Oliy sudi Gamburg Yer sudi raisining rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonovning YeI Kengaşiga qarşi da’vosi böyiça sud hujjatlarini topşirişdan boş tortganini noqonuniy deb topdi. Bu haqda “Welt” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Usmonovning manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Yoaxim Nikolaus Ştaynhyofel RBKga Federal Oliy sudi raisida bunday rad etiş vakolati yöqligini tan olganini tasdiqlagan.

Uning sözlariga köra, sud, şuningdek, Federal adliya idorasining Germaniya TIV bilan kelişilgan tavsiyasi “majburiy xarakterda emas” deb qaror qilgan. 2026 yil 21 oktyabrda Federal Oliy sud rad etişning özini ham, avvalroq uni qöllab-quvvatlagan Ganzeya Oliy Yer sudining qarorini ham bekor qilgan.

“Bir neça yil davomida sud raisi öz sudining sudyasiga qarşi bölib, ijro hokimiyati tomonida turib keldi. Qonun unga bunday vakolatlarni bermagan edi. Endilikda Germaniya Federal Oliy sudi bunga töğridan töğri körsatib ötdi va uning qarorini, şuningdek, uni öz kuçida qoldirgan Ganzeya Oliy Yer sudining ajrimini bekor qildi. Sud raisi TIV körsatmalariga böysunmaydi. Sud va ijro hokimiyatini bir-biriga aralaştirgan kişi sud hokimiyatining mustaqilligiga putur yetkazadi”, deyiladi Ştaynhyofel bayonotida.

Avvalroq, Gamburg Yer sudi keyinçalik YeI Kengaşi tomonidan Usmonovga qarşi sanksiyalarni asoslaş uçun işlatilgan ba’zi ta’riflarni tarqatişni taqiqlagan. Usmonovning himoyasi ularning rasmiy saytda keyinçalik ham tilga olinişini uning şaxsiy nomulkiy huquqlarini buziş deb baholagan va YeI Kengaşiga qarşi uşbu ma’lumotlarni tarqatişni taqiqlaş haqida da’vo arizasi bergan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi rossiyalik milliarderlar Alişer Usmonov va Mixail Fridmanni sanksiyalar röyxatidan çiqarişga kelişgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing