Oliy sud raisining birinçi örinbosari özgardi
Jamiyat
−
17:56 1471 2 daqiqa
Alişer Usmonov Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi va uning örniga Farrux Abduraimov saylandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 3 noyabr kuni Oliy Majlis Senati Kengaşining navbatdagi majlisi bölib ötgan. Uni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib borgan.
Majlisda sudyalar mustaqilligini mustahkamlaş hamda odil sudlovni ta’minlaşning institutsional mexanizmlarini rivojlantirişga qaratilgan muhim masala – Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosarini saylaş masalasi körib çiqilgan.
Majlisda ta’kidlanişiça, sönggi yillarda mamlakatda sud hokimiyatining nufuzini oşiriş, fuqarolarning sudlarga bölgan işonçini mustahkamlaş, sudyalar faoliyatida xolislik va mustaqillikni ta’minlaş borasida izçil islohotlar amalga oşirilmoqda. Bu jarayonda Oliy sudning örni va ahamiyati alohida hisoblanadi.
Mazkur masala yuzasidan Senat Kengaşining tegişli qarori qabul qilingan. Qarorga asosan Farrux Soyibjonoviç Abduraimov beş yil muddatga Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylangan.
Şu bilan birga, Alişer Otoxanoviç Usmonov Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Majlisda sözga çiqqan senatorlar sud tizimida kadrlar salohiyatini mustahkamlaş sud hokimiyatining samarali faoliyatini taşkil etişda muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidlagan.
Live
Barchasi