Şveysariya Alişer Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

Olam

−

image

Şveysariya Rossiyaning ikki milliarderi – Alişer Usmonov va Mixail Fridmanga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi, biroq çeklovlar röyxatiga Rossiyaga oid yana 254 ta yangi bandni qöşdi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Şveysariya Iqtisodiyot böyiça davlat kotibiyati (SECO) tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, Fridman va Usmonovdan taşqari, Qrim federal universitetining sobiq rektori Andrey Falaleyev hamda Redbird Corporate Services Ltd kompaniyasiga nisbatan ham sanksiyalar bekor qilingan.

Bundan taşqari, Rossiya Davlat dumasi sobiq deputati Yuriy Şvitkin va konstruktor Aleksandr Leonov vafot etgani sababli ular ham sanksiyalar röyxatidan çiqarilgan.

Şu bilan birga, Şveysariya sanksiyalar röyxatiga 254 ta yangi band kiritgan. Ular orasida Rossiyaning 33 ta banki, uçinçi davlatdagi bitta bank, 17 ta moliyaviy muassasa va kriptoxizmatlar yetkazib beruvçisi, uçinçi davlatlarga tegişli beşta kompaniya, şuningdek, Rossiyaning törtta aeroporti va ikkita porti bor.

SECO ma’lumotiga köra, Şveysariya taşqi siyosiy va huquqiy omillarni baholaganidan söng, Rossiyaning ikki fuqarosini hozirça sanksiya röyxatiga kiritmaslikka qaror qilgan. Şuningdek, uçinçi davlatlarga tegişli 14 ta kompaniyaga nisbatan eksport nazoratini kuçaytiriş çoralari ham qöllanilmagan.

Ta’kidlanişiça, Yevropa Ittifoqining sanksiyalar böyiça 20-paketida joriy etilgan amaliy çoralar savdo çeklovlarini çetlab ötişning oldini olişga qaratilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 22 sentyabr kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanksiyalarni uç yilga uzaytirgan, biroq Alişer Usmonov va Mixail Fridman uşbu röyxatdan çiqarilgan edi. Uşbu qaror ittifoq mamlakatlari örtasidagi bir neça kunlik muhokamalardan söng qabul qilingan. “Reuters”, “Financial Times” va “Euractiv” naşrlari bu qaror sanksiyalarni uzaytiriş böyiça kelişuvga erişiş uçun qilingan murosa doirasida körib çiqilganini yozgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing