Gulnora Karimovaning aktivlaridan yana 252 mln dollar Özbekistonga qaytariladi
O‘zbekiston
−
408 3 daqiqa
Bugun, 24 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi va Şveysariya Konfederatsiyasi örtasida noqonuniy özlaştirilgan aktivlarning navbatdagi qismini Özbekistonga qaytariş böyiça bitim tasdiqlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, mazkur bitim doirasida 252,5 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağlarni Özbekistonga qaytariş közda tutilgan. Mablağlar “Işonç – 2030” (Uzbekistan Vision 2030 Fund) trast jamğarmasi orqali mamlakat aholisining ijtimoiy farovonligini oşiriş va inson kapitalini rivojlantirişga yönaltiriladi.
Resurslarni taqsimlaş strategiyasi ikkinçi bosqiçi Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fozilkarimov, Şveysariyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Simone Giger hamda BMTning Özbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Mahl tomonidan imzolangan.
Ma’lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Özbekiston, Şveytsariya va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti hamkorligida taşkil etilgan “Işonç” (Uzbekistan Vision 2030 Fund) jamğarmasi Şveysariyada musodara qilingan aktivlarni Özbekiston xalqi manfaatlari yölida qaytariş va ulardan samarali foydalanişni ta’minlaşga qaratilgan.
Jamğarma mablağlari Özbekiston hukumati bilan hamkorlikda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va Jahon banki iştirokidagi dasturlar orqali yönaltiriladi. Bunda loyihalarni tanlaş, amalga oşiriş va natijalarini monitoring qiliş jarayonlarida şaffoflik, hisobdorlik hamda jamoatçilik iştirokiga alohida e’tibor qaratiladi.
Jamğarmaning resurslarni taqsimlaş böyiça birinçi bosqiçi doirasida soğliqni saqlaş va ta’lim sohalariga 87 million AQŞ dollari yönaltirilgan. Mazkur mablağlar hisobidan onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, perinatal yordamni takomillaştiriş, ta’lim sifatini oşiriş, öqituvçilarning raqamli könikmalarini rivojlantiriş hamda tegişli tizimlarning salohiyatini mustahkamlaş böyiça işlar amalga oşirilgan.
Resurslarni taqsimlaş strategiyasi ikkinçi bosqiçi doirasida 252,5 million AQŞ dollari miqdoridagi aktivlarni qaytariş va ularni ustuvor ijtimoiy dasturlarga yönaltirişning strategik mexanizmi belgilangan.
Strategiyada ikkita asosiy ustuvor yönaliş nazarda tutilgan:
- Soğliqni saqlaş – bolalar va ösmirlarga tibbiy yordam körsatiş tizimini takomillaştiriş, kasalliklarning oldini oliş va ularni erta aniqlaş, jumladan, ayrim onkologik kasalliklarni davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini oşiriş;
- Ta’lim – maktab infratuzilmasidagi ehtiyojlarni, jumladan yangi maktablarni qurişni qöllab-quvvatlaş, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etiş, öqituvçilar malakasini oşiriş va sifatli ta’limdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş.
Uşbu yönalişlar doirasida, ayniqsa, qişloq hududlarida va ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari çeklangan aholi qatlamlari uçun şaroitlarni yaxşilaşga ustuvor ahamiyat beriladi.
Şuningdek, jamğarma faoliyatida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, mablağlardan maqsadli foydalaniş, loyihalar natijadorligini baholaş hamda fuqarolik jamiyati vakillarining mustaqil monitoringdagi iştiroki muhim tamoyillar sifatida belgilangan.
“Navbatdagi bitimning tasdiqlanişi Özbekiston va Şveysariya örtasida noqonuniy olib çiqilgan aktivlarni qaytariş borasidagi hamkorlikning izçil davom etayotganini körsatadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning tönğiç qizi Gulnora Karimovaning Şveysariyada musodara qilingan pullaridan 43,5 mln dollar tibbiyotga yönaltirilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi