Gulnora Karimova ishi yopildi: Lombard Odier banki jarimaga tortildi

3-sahifa

image
Gulnora Karimovaning 43,5 mln dollar puli nimaga sarflanishi aytildi north_east

Gulnora Karimovaning 43,5 mln dollar puli nimaga sarflanishi aytildi

Kecha, 27 iyul kuni Shveysariya sudi Lombard Odier xususiy bankini pul yuvishning oldini ololmagani uchun 3 million shveysariya franki (3,68 million dollar) miqdorida jarimaga tortdi, ammo O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga nisbatan sud jarayonini to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Shveysariya prokurorlari Karimovani pora olishda hamda 2005 va 2013 yillar oralig‘ida Shveysariyadagi bank hisob raqamlariga yuzlab million dollar o‘tkazgan “Ofis” deb nomlangan jinoiy tashkilotni boshqarishda ayblagan edi.

Jenevada joylashgan Lombard Odier va uning sobiq xodimi Karimovaning ehtimoliy jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni yashirishga imkon yaratganlikda ayblangan. Sud jarayoni joriy yil aprel oyida boshlangan edi.

Sud o‘z bayonotida Lombard Odier bankini pul yuvishning oldini olish uchun “barcha oqilona va zarur tashkiliy choralarni ko‘rmagani” uchun jarimaga tortganini hamda 400 million frankdan ortiq aktivlarni musodara qilish haqida qaror chiqarganini ma’lum qilgan.

Sud Lombard Odier bankining faqat “C.” ismi bilan ko‘rsatilgan sobiq hisob-kitob menejeriga 24 oylik shartli qamoq jazosini tayinlagan.

Lombard Odier bayonotiga ko‘ra, ushbu ish bankning o‘zi 2012 yilda Shveysariya rasmiylariga shubhali holatlar haqida xabar berganidan so‘ng boshlangan. Bank o‘sha vaqtda mustahkam ichki nazorat va pul yuvishga qarshi tartib-qoidalarga ega bo‘lganini ma’lum qilgan va sud qarori ustidan shikoyat qilishini bildirgan.

“Reuters”ning yozishicha, O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning 54 yoshli qizi Karimova har qanday noqonuniy xatti-harakatlarni rad etgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Karimovaga nisbatan 2013 yilda o‘zlashtirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha ikkita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2015 yilda birinchi ish bo‘yicha unga besh yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi berilgan, 2017 yilda esa ikkinchi ish bo‘yicha 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bundan tashqari, 2020 yil mart oyida Toshkent shahar sudi Gulnora Karimovani til biriktirish, tovlamachilik, o‘zlashtirish, talon-toroj qilish, pul yuvish va boshqa jinoyatlarda ayblab, 13 yil-u 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilgan. Birinchi prezidentning qizi dastlab Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21-sonli koloniyada jazo o‘tagan. 2025 yil yanvar oyida uning aynan shu viloyatdagi manzil-koloniyaga o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karimovanga nisbatan ish to‘xtatilgandi. Chunki da’vo muddati tugagunga qadar u ozodlikka chiqishi yoki Shveysariyaga topshirilishi (ekstraditsiya qilinishi) ehtimoli yo‘q. Rossiyada yashovchi “B.” deb ko‘rsatilgan boshqa ayblanuvchiga nisbatan ham sud jarayoni to‘xtatilgan, chunki u o‘z Shveysariyaga bora olmagan. Sud “C.“ va Lombard Odier’ga nisbatan jazolar jinoyat sodir etilganidan beri o‘tgan vaqt sababli 2011 yil iyul oyigacha bo‘lgan voqealarga oid ayblovlar bekor qilingan.

2022 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Adliya vazirligi Karimova va uning jinoiy guruhining Shveysariyadagi aktivlari miqdori 686 million dollarga baholanishini, Fransiya, AQSH, Latviya va boshqa mamlakatlarda esa yana qariyb 1,4 milliard dollar saqlanayotganini ma’lum qilgan edi. 2025 yil fevralida Shveysariya O‘zbekistonga 182 million dollarni qaytarishi e’lon qilindi. Bu mablag‘lar Gulnora Karimovaga qarshi jinoyat ishi doirasida 2012 yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan musodara qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing