Sobiq moliya vaziri pul yuvishda ayblanib hibsga olindi
Olam
−
23 iyun 5896 1 daqiqa
Nepalning sobiq moliya vaziri Bishnu Prasad Paudel kecha, 22 iyun kuni pul yuvishda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda mamlakat politsiyasiga tayanib, “Reuters” xabar qildi.
Qayd etilishicha, 66 yoshli Paudel Nepal Kommunistik partiyasining yuqori darajali rahbarlaridan biri bo‘lib, partiyaning avvalgi yetakchisi Sharma Oli hukumatining asosiy shaxslaridan hisoblanadi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, u Nepal g‘arbidagi bir mehmonxonada ushlangan.
Politsiya matbuot kotibi Abi Narayan Kaflening aytishicha, Paudel hozir Katmanduga olib boriladi va pul yuvishni tergov qilish departamentiga topshiriladi. Uning hibsiga olinishi Oli hukumati bir necha oy avval korrupsiyaga qarshi namoyishlardan keyin ag‘darilganidan so‘ng sodir bo‘ldi. O‘sha namoyishlarda kamida 76 kishi halok bo‘lgan, 2500 dan ortiq odam jarohat olgan, parlament ham yoqib yuborilgandi.
Manbaga ko‘ra, Sharma Oli va uning ichki ishlar vaziri namoyishlarni to‘xtatmagani uchun hibsga olingan, keyinchalik garov evaziga ozod qilingan. Hozirgi Bosh vazir Balendra Shoh korrupsiyaga qarshi kurash va’dasi bilan mart oyida hokimiyatga kelgan.
Sobiq moliya vaziri Paudel hozircha holatga izoh bermagan. Nepal Kommunistik partiyasi rasmiylari bu voqea yuzasidan bugun, 23 iyun kuni yig‘ilish o‘tkazishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Seul markaziy okrug sudi Janubiy Koreyaning sobiq adliya vaziri Pak Son Chjeni 25 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilgandi.

Live
Barchasi