Jalolov vaqtida Mejidovga qarshi jang qilishdan bosh tortgan – ozarbayjonlik bokschi
Sport
−
02 may
4925Ozarbayjonlik bokschi Kamran Shohsuvarli o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov va hamyurti Magomedrasul Mejidov o‘rtasidagi jang o‘tkazilmaganini aytdi. Bu haqda u “Azerisport.com” nashriga bergan intervyusida aytdi.
“Men Jalolovga qarshi sparring qilishni ham xohlamadim. O‘zbekistonlik bokschi ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov bir vaqtlar uch karra jahon chempioni Magomedrasul Mejidovga qarshi jang qilishni istamaganini yaxshi eslayman. Ha, Jalolov o‘z davrining yuqori saviyali bokschisi, lekin Mejidov yoki Joshua pik vaqtida Jalolov yuqori natijalarga erisholmasdi. Ular Olimpiya o‘yinlari, jahon chempioni hisoblangan vaqtda Jalolov ham bo‘lganida, ularga qarshilik ko‘rsata olmasdi”, deydi Shohsuvarli.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 5 aprel kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomida ukrainalik Igor Shevadzutskiyga qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
LiveBarchasi