Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik og‘ir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolov joriy yilning 17 oktyabr kuni Londondagi “The O2” arenasida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda insayder Den Rafael ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Londonda bo‘lib o‘tadigan jang oqshomida Jalolovga Queensberry promouterlik kompaniyasi vakili Solomon Dakres raqiblik qiladi.

Tegishli manbaga ko‘ra, tomonlar Jalolov va Dakres o‘rtasidagi jangni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Jang Londonda o‘tkaziladigan Deniyel Dyubua va Fabio Uordli o‘rtasidagi revansh jangini o‘z ichiga olgan boks kechasining bir qismi bo‘ladi.

Jalolov professional faoliyatida hali mag‘lubiyatga uchramagan. U amaldagi faoliyati davomida barcha raqiblarini mag‘lub etib, og‘ir vazn toifasidagi eng istiqbolli bokschilardan biri sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonlik sportchi shuningdek, ikki karra Olimpiada chempioni hisoblanadi.

Solomon Dakres ham og‘ir vazn toifasidagi mag‘lubiyatsiz bokschilardan biri sanaladi. U professional faoliyati davomida Britaniya ringlarida bir qator g‘alabalarni qo‘lga kiritgan va Queensberry bilan hamkorlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolovning so‘ngi jangi joriy yilning 9 may kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Unda Jalolov xorvatiyalik bokschi Agron Smakichni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing