Jalolov Londondagi g‘alabadan so‘ng Husanovni ko‘rishga bordi (video)

Sport

−

image

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Londondagi g‘alabasidan so‘ng Manchesterga bordi va “Etihad” stadionida Abduqodir Husanov hamda uning jamoadoshlari bilan ko‘rishdi. Bu haqda Jalolov o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Biz “Manchester Siti”ning mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurdik! Ajoyib safar uchun klubga rahmat!” deb yozdi bokschi.

Ma’lumot uchun, Joriy yilning 17 oktyabr kuni “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining yettinchi turida o‘z maydonida “Ipsvich”ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi. Jamoa keyingi uy uchrashuvini ertaga, 20 oktyabrdan 21 oktyabrga o‘tar kechasi Chempionlar ligasi doirasida Gretsiyaning AEK klubiga qarshi o‘tkazishi belgilangan.

Bahodir Jalolov ham joriy yilning 17 oktyabr kuni Londonda ringga chiqib, britaniyalik bokschi Solomon Dakresni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan keyin o‘zbekistonlik bokschining professional ringdagi rekordi 18 ta g‘alaba, jumladan, 15 ta nokautni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing