Bahodir Jalolov ukrainalik raqibidan ustun keldi (video)
Sport
−
05 aprel 19917 1 daqiqa
Bugun, 5 aprel kuni Qozog‘istonda professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi va unda o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ukrainalik Igor Shevadzutskiyni mag‘lub etdi.
10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda Bahodir Jalolovning qo‘li baland ko‘tarildi. Qayd etish joiz, Jalolov ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. Bu esa o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, Bahodir Jalolov o‘zining professional boksdagi 15-jangida 15-g‘alabasini qo‘lga kiritmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr