Bahodir Jalolov WBO reytingida uç poğona yuqoriladi

Sport

−

image

Özbekistonlik oğir vazn toifasidagi boksçi Bahodir Jalolov Jahon boks taşkiloti (WBO) ning yangilangan reytingida uç poğona yuqoriladi. Bu haqda taşkilot yangilangan reytingida köriş mumkin.

32 yoşli sportçi uç poğona yuqorilab, oğir vazn toifasidagi da’vogarlar reytingida törtinçi öringa kötarildi.

Jalolovdan yuqorida faqat ukrainalik Aleksandr Usik hamda britaniyalik Tayson Fyuri va Entoni Joşua bor. WBO versiyasi böyiça oğir vazn toifasidagi amaldagi jahon çempioni esa yana bir britaniyalik boksçi – Daniel Dyubua hisoblanadi.

Jalolovning reytingidagi kötarilişi britaniyalik Solomon Dakres ustidan qozongan ğalabasidan keyin sodir böldi. Ularning jangi joriy yilning 17 oktyabr kuni Londonda bölib ötgan va özbekistonlik boksçi hakamlarning yakdil qarori bilan ğalaba qozongan edi.

Uşbu ğalaba Jalolovning professional faoliyatidagi 18-ğalabasi böldi. Boksçi hozirga qadar mağlubiyatga uçramagan.

Ma’lumot uçun, Bahodir Jalolov professional ringda 18 ta ğalabaga erişgan bölib, ularning 15 tasini nokaut bilan qölga kiritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing