Usik Fyuri bilan uchinchi jangni o‘tkazishni ko‘rib chiqmoqda – OAV
Sport
−
18:04 340 1 daqiqa
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik 2027 yilda britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi uchinchi jangni o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Ring” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Usik WBA va WBO versiyalari bo‘yicha birinchi yarim o‘rta vazn toifasi chempioni, amerikalik Devid Benavides bilan jang qilishga ham qiziqmoqda. Ukrainalik bokschining keyingi raqiblari haqidagi qaror ularning yaqinlashib kelayotgan janglari natijalariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Fyuri joriy yilning 11 dekabr kuni Kardiffda britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan. Benavides esa dekabr oyida WBC chempioni, polyak bokschisi Mixal Cheslak bilan jangda ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning may oyida Usik Fyurini mag‘lub etib, og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan edi. O‘sha yilning dekabr oyida o‘tkazilgan revanshda ham ukrainalik bokschi hakamlar qarori bilan g‘alaba qozongan.
39 yoshli Usik professional faoliyati davomida 25 ta g‘alabaga erishgan, ularning 16 tasini nokaut bilan qo‘lga kiritgan. U hozirgacha biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. 38 yoshli Tayson Fyuri esa professional faoliyati davomida 36 ta g‘alaba, ikki mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan. Uning har ikki mag‘lubiyati Aleksandr Usikka qarshi janglarda yuz bergan, Deontey Uaylder bilan esa bir marta durang natijani qayd etgan.
Live
Barchasi