Entoni Joshua va Tayson Fyuri WBA kamari uchun jang qiladi
Sport
−
15:07 581 1 daqiqa
Britaniyalik bokschilar Entoni Joshua va Tayson Fyuri Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA)ning superog‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun jang qiladi. Bu haqda “The Ring” nashri xabar berdi.
Joriy yilning iyun oyining oxirida faoliyati davomida Joshua va Fyurini ikki martadan mag‘lub etgan ukrainalik Aleksandr Usik WBA Super chempionlik kamaridan voz kechgan edi.
Usikning qaroridan so‘ng Rossiya boks federatsiyasi Murat Gassiyev WBA’ning to‘liq og‘ir vazn toifasidagi chempioniga aylanganini ma’lum qildi. Gassiyev hozirda WBA rasmiy saytida jahon chempioni sifatida ko‘rsatilgan.
Joshua va Fyuri o‘rtasidagi jang joriy yilning 11 dekabr kuni Kardiff shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Tayson Fyuri 2015-2016 yillarda mutlaq jahon chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u 2020-2024 yillarda WBC kamari sohibi hisoblangan. Entoni Joshua esa faoliyati davomida WBA, WBO va IBF chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi