Bektemir Meliqöziyev raqibini nokautga uçratdi
Sport
−
10:00 1298 1 daqiqa
Keça, 6 noyabr kuni özbekistonlik professional boksçi, WBA super örta vazn toifasida çempionlik kamari uçun majburiy da’vogar Bektemir Meliqöziyev Dubay şahrida ötkazilgan boks oqşomida tojikistonlik Karomatullo Şaripovga qarşi jang qildi. Bahsning ikkinçi raundida Meliqöziyev raqibini texnik nokautga uçratib, ğalaba qozondi.
Tört raundga möljallangan jangda Bektemir Meliqöziyev muddatidan avval texnik nokaut bilan ğalabani qölga kiritdi. Bu özbekistonlik boksçining professional faoliyatidagi 18-ğalabasi böldi. Şaripov esa faoliyatidagi törtinçi mağlubiyatini qabul qilib oldi.
Avvalroq, WBA’ning amaldagi jahon çempioni, meksikalik Xayme Mungiyaga Nikita Szyuga qarşi ixtiyoriy himoya jangida iştirok etişga ruxsat berilgan edi.
WBA qaroriga köra, mazkur jangdan keyin Mungiya jamoasi majburiy da’vogar maqomida turgan Bektemir Meliqöziyev bilan çempionlik kamari uçun bellaşuv böyiça muzokaralarni darhol boşlaşi kerak.
Ma’lumot uçun, Bektemir şu kungaça professional boksda 18 ta jang ötkazib, 17 tasida ğalaba qozongan. Şaripov esa 8 ta jangda iştirok etib, 4 ta ğalaba, 3 ta mağlubiyat va 1 ta durang qayd etgan.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr