“Tekinga jang qilishga tayyorman”. Meliqo‘ziyev chempionlik jangi uchun gonoraridan voz kechmoqchi

Sport

−

image

WBA jahon chempionilik unvoni uchun majburiy da’vogar bo‘lgan o‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) hamda o‘z divizionidagi jahon chempioni Xayme Mungiaga o‘z e’tirozini yo‘lladi. Bu haqda bokschi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“To‘lov muhim emas, men tekinga jang qilishga tayyorman. Lekin iltimos, menga va ushbu sport qoidalariga nisbatan hurmatsizlik qilishni bas qiling!
Xayme Mungia, sen chempionlik uchun kurashishingdan oldin ham men chempionlik uchun majburiy da’vogar edim. Sen chempionsan – meni ham xuddi men chempion bo‘lganimda seni yoki boshqa har qanday bokschini hurmat qilganimdek hurmat qil.
WBA’ni hurmat qil, muxlislarni hurmat qil. Ular haqiqiy raqobat bilan haqiqiy jangni ko‘rishni xohlashadi, natijasi boshlanishidan oldinoq hammaga ma’lum bo‘lgan jangni emas!” deb yozdi Bektemir Meliqo‘ziyev.

Meliqo‘ziyev bir yildan ortiq vaqt davomida majburiy da’vogar maqomida bo‘lgan. Biroq uning bildirishicha, WBA meksikalik Xayme Mungiaga qoidalarni chetlab o‘tib, chempionlik jangida ishtirok etish va kamarni qo‘lga kiritish imkonini bergan. Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik bokschi WBA’ni adolatsiz qarorlari uchun ochiqchasiga tanqid qildi.

Ma’lumot uchun, Meliqo‘ziyev WBA reytingining birinchi pog‘onasidan joy olgan. O‘zbekistonlik bokschi so‘nggi jangida ganalik Sena Agbekoni texnik nokaut bilan mag‘lub etib, WBA qit’alararo chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing