Meliqöziyevning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum böldi
Sport
−
12:22 770 1 daqiqa
Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) versiyasi böyiça super örta vazn toifasidagi çempionlik kamari uçun majburiy da’vogar, özbekistonlik boksçi Bektemir Meliqöziyev joriy yilning 6 noyabr kuni BAAning Dubay şahrida ringga kötariladi. Bu haqda “Muka Boxing Promotions” xabar berdi.
Meliqöziyevning raqibi tojikistonlik Karomatullo Şaripov böladi. Jang “Niki Biç arena” maydonida ötkaziladi. Uşbu bellaşuv özbekistonlik boksçi uçun çempionlik jangi oldidan sönggi tayyorgarlik bosqiçi bölişi kutilmoqda.
Avvalroq, WBA amaldagi jahon çempioni, meksikalik Xayme Mungiyaga Nikita Szyuga qarşi ixtiyoriy himoya jangida iştirok etişga ruxsat bergan edi.
WBA qaroriga köra, mazkur jangdan keyin Mungiya jamoasi majburiy da’vogar maqomida turgan Bektemir Meliqöziyev bilan çempionlik kamari uçun bellaşuv böyiça muzokaralarni darhol boşlaşi kerak.
Ma’lumot uçun, Bektemir şu kungaça professional boksda 18 ta jang ötkazib, ularning 17 tasida ğalaba qozongan. Şaripov esa 8 ta jang ötkazib, ularning 4 tasida ğalaba qozongan, 3 ta jangda mağlub bölgan. 1 ta jangda esa durang qayd etgan.
Live
Barchasi